O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Texnologiyalar

“Elektron hukumat“ni rivojlantirishda makroiqtisodiy, marketing tadqiqotlari o‘tkaziladi

07.08.2018Texnologiyalar

“Elektron hukumat“ tizimini rivojlantirish markazi hamda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Zamonaviy qurilma ishga tushdi u temir yo‘l vagonlarini skaner qiladi

07.08.2018Jamiyat

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Chuqursoy texnik idora” chegara bojxona postida temir yo‘l vagonlarini skaner qiluvchi zamonaviy inspeksion-ko‘rik majmuasi foydalanishga topshirildi. 

Dronlar dehqonlarning og‘irini yengil qiladimi?

06.08.2018Texnologiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda vazirlik va qo‘mita xodimlari, mutaxassislar va ilmiy-tadqiqot sohasi vakillari ishtirok etishdi.

Vazirlikda “Buyuk Kelajak” ekspertlari kengashi bilan uchrashuv tashkil qilindi

06.08.2018Jamiyat

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida “Buyuk Kelajak” ekspertlar kengashi hamda “KPMG” kompaniyasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Respublikamiz milliy reyting tizimiga bag‘ishlangan veb-portal ishga tushirildi

01.08.2018Texnologiyalar

Respublikamiz milliy reyting tizimiga bag‘ishlangan veb-portal (reyting.tdi.uz) ishga tushganligini ma’lum qilamiz.

Vazirlik hamda Saudiya Arabistonining “Ajlan & Bros.” kompaniyasi hamkorlik qiladi

01.08.2018Texnologiyalar

Joriy yilning 31 iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Saudiya Arabistonining “Ajlan & Bros.” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda elektron tijorat, onlayn to‘lov, raqamli savdo maydonchalari uchun “aqlli tizim“larni ishlab chiqarish yo‘nalishlarida hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

“Elektron hukumat” markaziga yangi vazifalar yuklandi

31.07.2018Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 14 maydagi PQ-3724-son qarori)” 2018 yil 26 iyuldagi 583–son qarori qabul qilindi.

Moskva shahri hukumati vazirining maslahatchisi tashrif buyurdi

24.07.2018Siyosat

2018 yilning 23 iyulida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Moskva shahri hukumati vazirining maslahatchisi hamda o‘rinbosari – Tashqi iqtisodiy va xalqaro aloqalar departamenti rahbari Oleg Shutenko bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yangilanish: my.gov.uz yangi rejimda ish boshladi

24.07.2018Texnologiyalar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali - my.gov.uz to‘liq rejimda faoliyat ko‘rsata boshladi. Shu kungacha resurs my2.gov.uz manzilida sinov rejimida ishlab kelayotgan edi. 

Telekommunikatsiya sohasining rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi

19.07.2018Texnologiyalar

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashining mahalliy mobil operator va internet-provayderlar vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Uydan turib STIR (INN) oling yoki uning ma’lumotlarini o‘zgartiring!

19.07.2018Texnologiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 dekabrdagi ”Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PF-5278-son farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my2.gov.uz) da “Jismoniy shaxslar uchun STIR olish yoki STIR ma’lumotlarini o‘zgartirish“ xizmati ishga tushirildi. 

Ochiq Wi-Fi tarmog‘i: Foydalanuvchi shaxsining tasdiqlanishi majburiy bo‘ldi

18.07.2018Texnologiyalar

2018 yilning 10 iyulida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari, jumladan yangi tahrirdagi Internet xizmatlarini ko‘rsatish tartibini tasdiqlash to‘g‘risidagi“gi buyrug‘i Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olindi. Bir qator vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikda tayyorlangan hujjatning bosh maqsadi – O‘zbekistonda Wi-Fi tarmoqlari xavfsizligini ta’minlash va sayyohlikni rivojlantirishdan iborat.

Operator, Internet-provayderlarning muammolari, savollari tinglandi!

18.07.2018Texnologiyalar

Vazirlik qoshidagi Jamoatchilik kengashi yurtimizdagi aloqa operatorlari hamda internet provayderlari bilan ularni qiynayotgan muammolar va yechimini kutayotgan masalalar, ochiq savollar yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda “O‘zbektelekom“ AK tomonidan hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi ishtirokida hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar yaqindan tahlil qilindi. 

Kiberxavfsizlik bo‘yicha seminar

18.07.2018Jamiyat

Poytaxtimizdagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida tashkil etilgan axborot xavfsizligi va kiberjinoyatchilikka qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminarda mamlakatimizdagi yetmishdan ortiq korxona va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. 

Toshkentda analog televideniye to‘xtatildi

17.07.2018Texnologiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 17 iyuldagi “Raqamli teleeshittirishlarga o‘tish va yer usti analog teleeshittirishlarni to‘xtatishga doir amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan kechadan boshlab Toshkent shahrida analog formatdagi teledasturlar efiri to‘xtatildi. Bugungacha yurtimizning aksariyat hududlarida analog televideniye to‘xtatilgan edi. O‘zbekiston Respublikasida 2018 yilning 5 dekabriga qadar analog teleuzatish to‘liq yakunlanadi.

So‘rov: Fond bozori va birja faoliyatini takomillashtirish

16.07.2018Texnologiyalar

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakatning iqtisodiy salohiyatini ko‘tarish, xususan zamonaviy axborot texnologiyalari hamda blokcheyn texnologiyasini joriy qilish orqali fond bozori va birja faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

NCG Engineering kompaniyasi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazildi

12.07.2018Texnologiyalar

11 iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Koreya Respublikasining NCG Engineering kompaniyasi rahbari, Eurabit MCHJ QK ta’sischisi Jang Il Kvon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yagona portal orqali beriladigan litsenziyalar soni bittaga ko‘paydi

11.07.2018Texnologiyalar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyani berish xizmati ishga tushirildi.

Elektron kirish vizalarini taqdim etish tizimi ishga tushdi

10.07.2018Turizm

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi № PF-5326 son farmoni asosida, shu yilning 1 iyulidan boshlab internet tarmog‘ining https://e-visa.gov.uz manzilida elektron kirish vizalarini taqdim etishga mo‘ljallangan tizim sinov rejimida ishga tushirildi.

Moliya vazirligi va Markaziy bank o‘rtasidagi axborot texnologiyalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi

05.07.2018Iqtisodiyot

2018 yilning 28 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi, Axborot-hisoblash markazi mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank mutaxassislari bilan birgalikda zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida innovatsion g‘oyalarni tadbiq qilgan holda, Davlat byudjeti mablag‘larini shakllantirish va ularni maqsadli yo‘naltirishda yuqori samaradorlikka erishish chora-tadbirlari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.