O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

NCG Engineering kompaniyasi rahbari bilan uchrashuv o‘tkazildi

2018-07-12 | Texnologiyalar

11 iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Koreya Respublikasining NCG Engineering kompaniyasi rahbari, Eurabit MCHJ QK ta’sischisi Jang Il Kvon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun amalga oshirish ko‘zda tutilayotgan investitsion hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar. Xususan, NCG Engineering kompaniyasi O‘zbekistonda reyestr taqsimoti, ya’ni blokcheyn texnologiyasini rivojlantirishda o‘zaro hamkorlik qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Tomonlar tez orada vazirlik mutaxassislari, o‘zbekistonlik qiziqish bildirgan ekspertlar uchun tez orada muhokama qilingan mavzulardagi taqdimotlarni tashkil qilishga kelishib oldilar.

Поделиться