O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Elektron kirish vizalarini taqdim etish tizimi ishga tushdi

2018-07-10 | Turizm

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi № PF-5326 son farmoni asosida, shu yilning 1 iyulidan boshlab internet tarmog‘ining https://e-visa.gov.uz manzilida elektron kirish vizalarini taqdim etishga mo‘ljallangan tizim sinov rejimida ishga tushirildi.

Mazkur tizimni ishga tushirishdan ko‘zlangan bosh maqsad mamlakatimizga kirish vizalarini rasmiylashtirish va berish jarayonlariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishdan iborat. Natijada, uning yordamida yurtimizga tashrif buyurish istagida bo‘lganlar onlayn usulda so‘rovnomalarni to‘ldirib, hujjatlarni taqdim etib, vizani qo‘lga kiritishlari mumkin. Bu jarayonlarda ulardan O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik korpus vakolatxonalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining konsullik boshqarmalariga borish talab qilinmaydi.

Поделиться