O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Telekommunikatsiya sohasining rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi

2018-07-19 | Texnologiyalar

Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashining mahalliy mobil operator va internet-provayderlar vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda telekommunikatsiya tarmog‘idagi muammolar, jumladan, O‘zbekistonning barcha viloyatlarida mobil aloqa mijozlariga xizmat ko‘rsatish sifati va internet tezligini oshirish masalalari muhokama qilindi. 
 
Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish va internetdan foydalanish tezligini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Faqat shu yilning o‘zida xalqaro internet-kanallariga ulanish tezligi 1,5 marotabaga oshdi. Bu borada barcha AT-sohasi rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omillar ichida internet-kanallar va IR-transporti narxi muqobillashdi. 
 
Tadbirda so‘zga chiqqan “O‘zbektelekom” AK vakillari joriy yil so‘nggiga qadar xalqaro internet-kanallarga ulanish narxini bosqichma-bosqich pasaytirish va mavjud hajmni oshirish rejalashtirayotganligini ma’lum qildi. Mahalliy internet-provayderlar uchun kanallar ijarasiga tariflarni pasaytirish bo‘yicha preyskurant ko‘rib chiqildi, “O‘zbektelekom” AK infratuzilmasi ijarasi bo‘yicha yagona reglament ishlab chiqilgan. Hozirgi vaqtda mamlakatimizning hududiy telekommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish, xususan, mahalliy tarmoq bazasidan foydalanishda optik tarmoqlarni yaratish masalalari o‘rganib chiqilmoqda. 
 
Uchrashuv doirasida mobil operator kompaniyalari va internet-provayderlar vakillari muhokama qilinayotgan mavzu bo‘yicha takliflari va qator masalalar bo‘yicha fikrlarini bildirdi.
 
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha Jamoatchilik kengashining muhokama natijalari bo‘yicha operator va provayderlar uchun ekspert kengashini tuzish taklif etildi. Uning vakili har oy internet-xizmatlar sohasida bozor munosabatlarining rivojlanishini ta’minlash, shuningdek, ularning tarmoqlarini kengaytirish uchun internet-provayderlar tomonidan ishlab chiqilgan takliflarni ilgari suradi. 
 

Roman Bondarchuk, O‘zA

Поделиться