O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Uydan turib STIR (INN) oling yoki uning ma’lumotlarini o‘zgartiring!

2018-07-19 | Texnologiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 dekabrdagi ”Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PF-5278-son farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my2.gov.uz) da “Jismoniy shaxslar uchun STIR olish yoki STIR ma’lumotlarini o‘zgartirish“ xizmati ishga tushirildi. 

Mazkur xizmat orqali soliq to‘lovchi murojaati bo‘yicha identifikatsion raqamlarini aniqlab olishi, shuningdek STIR ma’lumotlarini qisqa vaqt ichida o‘zgartirishi mumkin. Murojaat yuborilganidan so‘ng STIR guvohnomasi elektron ko‘rinishda murojaatda ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga taqdim etiladi.

Xizmatdan foydalanish uchun pasport nusxasi (yashash joyi ma’lumotlari bilan) kerak bo‘ladi. 

Davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchiga identifikatsion raqam (STIR) berish yoki hisob ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritish uchun soliq to‘lovchi jismoniy shaxs:

1. Tegishli amalni tanlaydi (hisobga qo‘yish yoki hisob ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritish);

2. Ariza shaklini elektron to‘ldiradi;

3. Skannerlangan pasport nusxasini yuklaydi;

4. Doimiy yashash manzili bo‘yicha davlat soliq inspeksiyasiga elektron arizani yuboradi.

Mazkur jarayondan so‘ng 3 ish kuni davomida davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligi bo‘yicha guvohnomani arizada ko‘rsatilgan elektron pochta manzilidan oladi.

Endi familiya yoki shaxsiy pasport ma’lumotlarini o‘zgartirgan taqdirda, O‘zbekiston fuqarolari amaldagi STIR ma’lumotlarni o‘zgartirish uchun soliq qo‘mitasi bo‘linmalariga tashrif buyurishlari talab etilmaydi. Uni my2.gov.uz orqali ko‘chaga chiqmasdan turib yoki o‘zlariga yaqin Davlat xizmatlari markaziga borib o‘zgartirishlari mumkin. 

Xizmatdan foydalaning yoki batafsil ma’lumot oling.

Поделиться