O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kiberxavfsizlik bo‘yicha seminar

2018-07-18 | Jamiyat

Poytaxtimizdagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida tashkil etilgan axborot xavfsizligi va kiberjinoyatchilikka qarshi kurash masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminarda mamlakatimizdagi yetmishdan ortiq korxona va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. 

Tadbir mamlakatimizdagi “Nihol” kompaniyalar guruhi, apparat va dasturiy ta’minot ishlab chiqarish, yetkazib berish, axborot texnologiyalari hamda konsalting xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha dunyodagi yirik kompaniyalardan biri bo‘lgan Amerikaning “IBM” kompaniyasi hamda “MUK” kompaniyalar guruhi hamkorligida tashkil etildi. 

Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad yurtimiz korxonalari va davlat tashkilotlari kiberxavfsizligini ta’minlovchi mahalliy IT-mutaxassislar o‘rtasida kibertahdidlarga qarshi kurash va dasturiy ta’minotning zararli turlari paydo bo‘lishiga oid eng yangi tendensiyalar to‘g‘risida axborot tarqatishdan iboratdir. 

Amaliy seminarning ochilishida so‘zga chiqqan “IBM” kompaniyasining mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbari O‘ktam Irgashev va “Nihol” kompaniyasi guruhi direktor o‘rinbosari Yelena Roman, bugungi kunda axborot tizimlarini himoyalash masalalari O‘zbekiston idoralari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi. Axborot xavfsizligini ta’minlovchi tuzilmalar ishini to‘g‘ri rejalashtirish va tashkil qilish nafaqat hozir, balki kelajakda ham har qanday korxona muvaffaqiyatli faoliyatining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. O‘zbekiston IT-bozorida ko‘plab zamonaviy kibertahdidlardan yuqori darajada himoyalanish imkoniyatini beruvchi axborot xavfsizligi sohasidagi eng ilg‘ortexnologiya va yechimlar namoyish etilgan. 

Seminar dasturi ikki qismga ajratildi. Dastlab ishtirokchilar yirik xorijiy kompaniyalar tomonidan qo‘llanilayotgan xakerlar hujumlariga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi so‘nggi kibertahdidlar va uslublar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ldi. “Nihol” va “IBM” kompaniyasi mutaxassislari O‘zbekistonda kiberxavfsizlik tahlili, ma’lumotlar bazasi xavfsizligida xavfsizlik va tejamkorlikni ta’minlash, infratuzilmani muhofaza qiladigan kognitiv texnologiyalarga oid ma’ruzalarini taqdim etdi. 

– Axborot xavfsizligi sohasidagi zamonaviy tendensiyalarhaqida so‘z borganda, kiberjinoyatchilar tomonidan mashinalashtirilgan o‘qitish va sun’iy intellektdan faol ravishda foydalanish, tovlamachi-viruslarning rivojlanishi, “IoT” sinfiga doir moslamalar zaif qismlaridan foydalanish ko‘zda tutiladi, – deydi “Nihol” kompaniyasining innovatsion rivojlanish bo‘limi boshlig‘i Sergey Rabayev. – Dunyo amaliyotida to‘lov ma’lumotlariga ega firibgarlik sxemalari hamda mobil ilovalarga qaratilgan hujumlarning sezilarli darajada oshgani kuzatildi. Joriy yil boshida serverlar va kompyuter to‘plamlari bo‘yicha yetakchi ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari orasida “Meltdown”, “Spectre” appparatlarining zaifligi aniqlandi. 

Seminar qatnashchilari olgan nazariy bilimlarni amalda sinab ko‘rish maqsadida kiberhujum simulyatsiyasi tashkil etildi. Mahalliy kompaniya va davlat tashkilotlarining axborot texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislariga uningechimini topish, so‘ngra hodisani tahlil qilib, kelajakda bu kabi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritish vazifasi yuklatildi. 

Seminar doirasida axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi eng yangi ishlanmalar namoyish etildi. 

 

Roman Bondarchuk, O‘zA

Поделиться