O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Moliya vazirligi va Markaziy bank o‘rtasidagi axborot texnologiyalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi
2018-07-05 | Iqtisodiyot
2018 yilning 28 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi, Axborot-hisoblash markazi mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank mutaxassislari bilan birgalikda zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida innovatsion g‘oyalarni tadbiq qilgan holda, Davlat byudjeti mablag‘larini shakllantirish va ularni maqsadli yo‘naltirishda yuqori samaradorlikka erishish chora-tadbirlari bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda Davlat byudjetiga tushadigan hamda undan amalga oshiriladigan to‘lovlar bo‘yicha operatsiyalarning tezkorligi va shaffofligini oshirish borasidagi barcha texnologik jarayonlar chuqur o‘rganildi va zaruriy chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida tomonlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almashinildi.