O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Elektron hukumat“ni rivojlantirishda makroiqtisodiy, marketing tadqiqotlari o‘tkaziladi

2018-08-07 | Texnologiyalar

“Elektron hukumat“ tizimini rivojlantirish markazi hamda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Imzolangan hujjat doirasida tashkilotlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikda faoliyat yuritishni rejalashtirilmoqda:

• AKT sohasi hamda elektron hukumat tizimini tahlil qilish va prognozlash;

• AKTning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik qilish;

• AKTni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro reytinglarni tizimli o‘rganish, mamlakatimizning shunday reytinglardagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

• elektron hukumatni targ‘ib etish hamda davlat xizmatlarining ko‘rsatilish sifatini yaxshilash maqsadida innovatsion tadqiqotlarni o‘tkazish.

Tomonlar hamkorlikda makroiqtisodiy, marketing va boshqa turdagi tadqiqotlarni o‘tkazishi, xususan raqamli iqtisodiyot va “aqlli shaharlar” bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishi ko‘zlangan.

Поделиться