O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vazirlik hamda Saudiya Arabistonining “Ajlan & Bros.” kompaniyasi hamkorlik qiladi

2018-08-01 | Texnologiyalar

Joriy yilning 31 iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Saudiya Arabistonining “Ajlan & Bros.” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda elektron tijorat, onlayn to‘lov, raqamli savdo maydonchalari uchun “aqlli tizim“larni ishlab chiqarish yo‘nalishlarida hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

“Ajlan & Bros.” Bosh menejeri Mohamed Alhas kompaniya O‘zbekistonda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish uchun yuqori salohiyat ko‘rayotganini ta’kidlab o‘tdi. 

“Kompaniya faoliyatini xalqaro bozorga olib chiqib maqsadida ayni kunlarda uzoq muddatli va barqaror aloqalar o‘rnatish uchun ishonchli hamkorlarni izlayapmiz. O‘zbekistonda xorijiy kompaniyalarning faoliyat ko‘rsatishi uchun mavjud sharoitlarni hisobga olib, biz bu yerda loyihalarimizni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganmoqdamiz”, - deydi Mohamed Alhas.

Tomonlar aloqalarni ishchi tartibda davom ettirishga kelishib oldilar.

Поделиться