O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Zamonaviy qurilma ishga tushdi u temir yo‘l vagonlarini skaner qiladi

2018-08-07 | Jamiyat

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Chuqursoy texnik idora” chegara bojxona postida temir yo‘l vagonlarini skaner qiluvchi zamonaviy inspeksion-ko‘rik majmuasi foydalanishga topshirildi. 

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi mas’ullari, Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi, soha xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi. 

Mamlakatmizda umume’tirof etilgan xalqaro norma va standartlar asosida bojxona organlari faoliyati hamda bojxona ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, tadbirkorlikni faol va jadal rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratishga alohida e’tibor berilayotgani ta’kidlandi.

Katta hajmdagi skaner qurilmasi bilan jihozlangan mazkur majmua Prezidentning 2018 yil 12 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida Xitoy Xalq Respublikasining grant mablag‘lari hisobidan barpo etildi. 

Bugungi kunda yurtimiz sarhadlaridagi bir qator temir yo‘l chegara bojxona postlari hamda tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida bu kabi inspeksion-ko‘rik majmualaridan samarali foydalanilmoqda. 

Tadbirda ishtirokchilar “Chuqursoy” temir yo‘l stansiyasidagi inspeksion-ko‘rik majmuasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mutaxassislar tomonidan yirik hajmli skanerlash qurilmasining ishlash tartibi bo‘yicha ma’lumot berildi. 

– Endilikda zamonaviy skaner qurilmasi yordamida temir yo‘l vagonidagi yukni tekshirishga ortiqcha vaqt sarflanmaydigan bo‘ldi, – deydi Davlat bojxona qo‘mitasining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i J.Islomov. – Ilgari bu jarayon ko‘p vaqtni olar edi. Inspeksion-ko‘rik majmuasida vagonni ochmay turib ham tekshirish hamda tovar-yuk kuzatuv hujjatlarini ikki-uch daqiqada solishtirish imkoni paydo bo‘ldi. 

Maxsus rentgen nurlari yordamida vagonlarni skanerdan o‘tkazuvchi qurilma mahsulotlarning xususiyati va sifatiga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi. Inspeksion-ko‘rik majmuasini samarali qo‘llashdan maqsad nafaqat kontrafakt mahsulotlar yoki kontrabandaning oldini olish, balki xavfni boshqarish orqali bojxona nazorati samaradorligini oshirish, bojxona tartiblarini soddalashtirib, eksport va import jarayonlarini yanada tezlashtirishdan iboratdir. 

Tadbirda bojxona xizmati organlarida foydalanilayotgan nazorat texnik vositalarining ko‘rgazmasi tashkil etildi. 

 

Abdulaziz Musayev, Farhod Abdurasulov (surat) O‘zA

Поделиться