O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Operator, Internet-provayderlarning muammolari, savollari tinglandi!

2018-07-18 | Texnologiyalar

Vazirlik qoshidagi Jamoatchilik kengashi yurtimizdagi aloqa operatorlari hamda internet provayderlari bilan ularni qiynayotgan muammolar va yechimini kutayotgan masalalar, ochiq savollar yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda “O‘zbektelekom“ AK tomonidan hamda Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi ishtirokida hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar yaqindan tahlil qilindi. 

Uchrashuvda xalqaro kanallarning o‘tkazuvchanlik darajasi yarim yil ichida 1,5 barobar oshirilgani qayd etildi. Shu bilan birga, internet-kanallarning hamda IP-transport narx-navosini maqbullashtirish muhim masala bo‘lib qolayotgani ta’kidlandi.

Uchrashuvda “O‘zbektelekom“ AK rahbariyati tomonidan 2018 yilning so‘ngiga qadar Internet-kanal narxi bosqichma-bosqich pasaytirilishi hamda mavjud sig‘imlar tezkorlik bilan kengaytirilishi ma’lum qilindi. Shu bilan birga, kanallar arendasi uchun tariflarning pasaytirilish ham muhim vazifalardan biri bo‘lib turibdi. Qolaversa, “O‘zbektelekom“ AK infratuzilmasidan ijaraga foydalanishning tarif va yagona tartib ham qayta ko‘rib chiqiladi. 

Jamoatchilik kengashi muhokamalari natijasi bo‘yicha operator va provayderlar uchun Vazirlik qoshida Ekspertlar kengashini tuzish taklifi ilgari surildi. Ekspertlar kengashi raisi Jamoatchilik kengashiga har oyda internet xizmatlari bozorini rivojlantirish va zarur muhitni yaratish uchun Internet provayderlarning takliflarini taqdim etib boradi.

Shuningdek, yig‘ilishda ayni paytda O‘zbekistondagi mintaqaviy telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha vazifalar tayyorlanayotgani, xususan hududlarga optik tolali aloqa tarmoqlarini tortish masalasi diqqat-e’tiborda ekani qayd etildi. Jumladan uchrashuvda aloqa tarmoqlarini abonentlarning ulanish nuqtasigacha tortish, ya’ni loyihalashtirishning “so‘nggi milya“ tamoyili bo‘yicha zamonaviy yechimlaridan foydalanilayotgani aytildi.

Uchrashuv yakunida operator va provayderlarga hududlarda keng polosali internetga ulanish bo‘yicha Vazirlikka o‘zlarining sarmoyaviy loyihalarini taqdim etish taklif qilindi.

Поделиться