O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Texnologiyalar

AKT vaziri LG CNS vitse-prezidenti bilan uchrashdi

22.06.2018Texnologiyalar

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev Koreyaning LG CNS kompaniyasi vitse-prezidenti Jong Vun Yul bilan uchrashdi. Uchrashuvda tomonlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida O‘zbekiston axborot texnologiyalari bozorining bugungi holati yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, “LG CNS Uzbekistan” qo‘shma korxonasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda LG CNS kompaniyasi imkoniyatlari va tajribasidan foydalanish, o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston jamoasi tarixda ilk bor Technovation xalqaro tanloviga yo‘llanma oldi

20.06.2018Texnologiyalar

O‘zbekistonlik qizlar jamoasi yurtimiz tarixida ilk marotaba Technovation Challenge 2018 xalqaro tanlovida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Toshkentda “salmoqli ma’lumot va bulutli hisoblash” texnologiyasi muhokama markazida

19.06.2018Texnologiyalar

Bugun poytaxtimizda Xalqaro elektraloqa ittifoqining MDH hamda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari uchun “Salmoqli ma’lumot va “bulutli hisoblash””mavzusida hududiy seminari ish boshladi. Tadbir Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda tashkil qilinmoqda.

Vazir sahifasi rasmiy maqomga ega bo‘ldi

13.06.2018Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayevning Facebook tarmog‘idagi sahifasi (https://www.facebook.com/a.akhmedkhadjaev/) rasmiy maqomga ega bo‘ldi.

Qozog‘iston Respublikasining elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

07.06.2018Texnologiyalar

2018 yilning 6 iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Utembayev Yerik Miltikbayevich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Manzil-ma’lumot axborotlarini elektron taqdim etish xizmati joriy qilindi

07.06.2018Texnologiyalar

O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etishga mo‘ljallangan yangi xizmat joriy etildi. Ushbu davlat xizmati jismoniy shaxslarga fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash uchun ro‘yxatga olinganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomani olish bo‘yicha elektron ariza taqdim etish imkonini beradi.

Mobil aloqa xizmatlari sifatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi

07.05.2018Texnologiyalar

Shu yilning 4 may kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev mobil aloqa operatorlari va internet-provayderlari bilan davra suhbati o‘tkazdi. Tadbirda aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya xizmatlari sifatini yaxshilash masalalari muhokama etildi.

"Tashkent city" veb-sayti ishlab chiqildi

04.05.2018Jamiyat

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti mutaxassislari tomonidan "Tashkent city" veb-sayti ishlab chiqildi.

AKT vaziri Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

28.04.2018Texnologiyalar

27 aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjaev Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Nobuaki ITO bilan uchrashdi.

Vazir «Wargaming» kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi

27.04.2018Texnologiyalar

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev dunyoga mashhur «World of Tanks», «World of Warplanes», «World of Warships» kompyuter o‘yinlarini taqdim etgan «Wargaming» kompaniyasi (Belarus) vakillari bilan uchrashdi.

AKT vazirligi va Turkmaniston aloqa vazirligi o‘rtasida bitim imzolandi

24.04.2018Texnologiyalar

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Turkmaniston aloqa vazirligi o‘rtasida ikki mamlakat radioxizmatlari foydalanadigan 29,7 – 960 MGs radiochastota polosasidagi o‘zlashtirilgan radiochastotalarni o‘zaro muvofiqlashtirishning texnik asoslari bo‘yicha bitim imzolandi. Hujjat Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi qarori asosida ikki mamlakat hukumati o‘rtasidagi shu nomdagi amaldagi bitim doirasida tayyorlandi.

Maktablar zamonaviy AKT vositalari bilan jihozlanadi

19.04.2018Ta’lim

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil may oyida Xitoy Xalq Respublikasiga qilgan davlat tashrifi doirasida “Umumta’lim maktablarining 5-9-sinflarida informatika va chet tili fanlarini o‘qitishning sifatini oshirish (1-bosqich)” loyihasini amalga oshirish uchun grant mablag‘larini ajratish bo‘yicha kelishuv amalga oshirildi.

Namangan muhandislik texnologiya institutida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

18.04.2018Jamiyat

Namangan shahar Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan joriy yilning 17 aprel kuni Namangan muxandislik texnologiya institutida oliy o‘quv yurti bitiruvchilari va ish bilan band bo‘lmagan aholi, jumladan uyushmagan yoshlar, ayollar va chet davlatlaridan qaytgan fuqarolarni ish bilan ta’minlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Startaplarni rivojlantirishda koreyalik ekspertlar bilan hamkorlik qilinadi

18.04.2018Texnologiyalar

Joriy yilning 15 - 21 aprel kunlari Koreya axborotlashgan jamiyatni rivojlantirish instituti (KISDI) muassasasi mutaxassislardan iborat delegatsiya mamlakatimizda bo‘lib, O‘zbekistonda dasturiy ta’minot bozori hamda startap loyihalarni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvlarda ishtirok etmoqda.

Rossiya Aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri boshchiligidagi delegatsiya qabul qilindi

16.04.2018Texnologiyalar

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev Rossiya Federatsiyasi Aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Aleksey Volinni qabul qildi. 

“Tashxis tezlashdi, davo muddati ham tezlashyapti, natijalar bundan-da yaxshi bo‘ladi”

16.04.2018Texnologiyalar

Endi respublikamizda sil kasalligini davolash va tashxis qo‘yishda masofadan turib maslahatlashish imkoni yaratildi. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, AQSH Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (YUSAID) va Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida ochilgan Innovatsion masofaviy o‘qitish va monitoring markazi ana shunday imkoniyatni ham taqdim eta oladi.

Vazir Butunjahon banki delegatsiyasini qabul qildi

11.04.2018Texnologiyalar

Bugun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev Butunjahon bankining Transport va raqamli rivojlanish bo‘yicha xalqaro amaliyot bo‘linmasi direktori Frans Driz-Kross boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.