O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Texnologiyalar

Dushanbeda o‘zbek avtomobillarini yig‘uvchi zavod ishga tushadi

17.02.2020Texnologiyalar

Dushanbe shahri hokimligi vakillari O‘zbekistonga ishchi tashrifi doirasida “O‘zavtosanoat” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

AKT rivoji — taraqqiyot poydevori

17.02.2020Texnologiyalar

Axborot texnologiyalarini davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida keng tatbiq etish hozir eng dolzarb vazifalardan biri bo‘lib turibdi. “Elektron hukumat” tizimini shakllantirish borasidagi sa’y-harakatlar aynan shunga qaratilgan. “Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturi ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilishi esa taraqqiyotimizning yangi bosqichini boshlab beradi.

Yoshlar uchun Edu Market interfaol-virtual taʼlim dasturi taqdim etildi

17.02.2020Ta’lim

Joriy yilning 15-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Edu Market interfaol-virtual taʼlim dasturining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

XTV va ETS oʻquvchi hamda oʻqituvchilar bilimini baholash uchun mustaqil tizim yaratish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda

14.02.2020Ta’lim

Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi hamda Amerikaning ETS kompaniyasi oʻquvchi va oʻqituvchilar bilimini baholash uchun mustaqil organ yaratish maqsadida hamkorlik imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda.

UNB blokcheyn platformasi dasturi yaratildi

14.02.2020Texnologiyalar

“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasida o‘quv seminari o‘tkazildi

14.02.2020Texnologiyalar

2020-yil 13-fevral kuni “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish devoni mas’ul xodimi D. Nasretdinov ishtirokida videoselektor tarzidagi seminar o‘tkazildi.

Uchuvchisiz uchish qurilmalaridan suvni boshqarishda foydalanish mumkin

14.02.2020Texnologiyalar

2020-yil 13-fevral kuni Suv xo‘jaligi vazirligida sohada uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. 

Texnoparklar qurish loyihalarining ijrosi ko‘rib chiqildi

14.02.2020Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-fevral kuni axborot texnologiyalarini rivojlantirish, buning uchun zamonaviy infratuzilma yaratish masalasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Bir million dasturchi qanday tayyorlanadi?

13.02.2020Texnologiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida Toshkent shahrida zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki “IT-Park” barpo etilyotganini, u hozirdanoq o‘zining dastlabki natijalarini bera boshlaganini ta’kidladi. Shuningdek, bunday “IT-Park”lar Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida ham tashkil etilishi aytildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar

13.02.2020Jamiyat

Joriy yilning 12-fevral kuni Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tashrif buyurib, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlar: yoshlarning ma’naviy va ma’rifiy saviyasini doimiy yuksaltirish - birinchi darajali vazifamiz” mavzusida seminar o‘tkazdi.

Onlayn xizmat ko‘rsatuvchi xorij kompaniyalari uchun QQS-ofis tashkil etildi

12.02.2020Texnologiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi mamlakatda jismoniy shaxslarga elektron xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy yuridik shaxslar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i soliq to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatini taqdim etdi.

Respublikamizda ilk marotaba tik quduqlarni “onlayn rejim”da masofadan boshqarish joriy etildi

12.02.2020Innovatsiya

Farg‘ona viloyatida respublikamizda ilk marotaba tik quduqlarni “onlayn rejim”da masofadan boshqarish joriy etildi. O‘rnatilgan avtomat qurilmalar elektr energiyasini tejash, avariya holatlarini oldindan aniqlash, begona shaxslar tomonidan quduqdagi nasosning yoqib-o‘chirilishiga chek qo‘yish, yog‘ingarchilik sharoitida ham xodimlarning ortiqcha vaqt sarfini va suv behuda isrof bo‘lishini kamaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, dispetcher xonasidan bir vaqtning o‘zida bir nechta tik sug‘orish quduqlarini boshqarish imkonini beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligidan yangi imkoniyat

12.02.2020Texnologiyalar

Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbusidan biri bo‘lgan 3-tashabbusi aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan foydalanishni tashkil etish, yoshlarimizning dasturlashga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda iqtidorli yoshlarning intellektual salohiyatini namoyon etish maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi tanlov e'lon qiladi.

O‘zbekistonda birinchi marta robototexnika bo‘yicha "RoboTech" respublika tanlovi bo‘lib o‘tadi

12.02.2020Texnologiyalar

IT Park huzuridagi IT-markaz, Revochain Technology MChJ bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida, maktab o‘quvchilari orasida O‘zbekistonda birinchi robototexnika tanlovi –“RoboTech” o‘tkazilishini e’lon qiladi.

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda aqlli shaharning o'rni

10.02.2020Iqtisodiyot

2020-yil 7-fevral kuni poytaxtimizdagi Amiti universiteti tomonidan O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Jahon bankining O'zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida "Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda aqlli shaharning o'rni" mavzusida seminar tashkil etildi.

“TECHDAY” — Xalqaro robototexnika kuniga bagʻishlangan tadbir

10.02.2020Innovatsiya

Joriy yilning 7-fevral kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi tomonidan Toshkent shahridagi Turin Politexnika universitetida “TECHDAY” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

“O‘zbektelekom” AKning yangi Call-markaziga Press-tur tashkil etildi

10.02.2020Texnologiyalar

“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi yangi Call-markazi - Qo‘ng‘iroqlarga xizmat ko‘rsatish yagona markazi (QXKYaM)da tanishuv press-turini o‘tkazdi. Mazkur tadbirni o‘tkazishdan maqsad Kompaniya abonentlariga xizmat ko‘rsatish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuv haqida jamoatchilikni xabardor qilishdir.

“Yangi O‘zbekistonni yoshlar bilan birga quramiz!” shiori ostidagi yoshlar festivali doirasida IT tadbirlar o‘tkazildi

07.02.2020Texnologiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 27-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda yoshlar bilan o‘tkazgan yig‘ilishi muhim tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga ko‘tarilganini namoyon etdi.

Kasalliklarning mintaqaviy klinik holatini tahlil qilish dasturi yaratildi

07.02.2020Sog‘liqni saqlash