O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kasalliklarning mintaqaviy klinik holatini tahlil qilish dasturi yaratildi

2020-02-07 | Sog‘liqni saqlash

2018-yil 7-dekabrda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekiston Respublikasi sogʼliqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish boʼyicha kompleks chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi farmoni qabul qilindi. Farmonga muvofiq sogʼliqni saqlash sohasi faoliyatini tashkil etishda soʼnggi yillarda toʼplanib qolgan tizimli kamchilik va muammolarga eʼtibor qaratilgan. Birinchidan, sogʼliqni saqlash tizimini boshqarish va rejalashtirish boʼyicha konsepsiya hamda strategik maqsadlarning mavjud emasligi oqibatida ushbu sohadagi islohotlar toʼliq boʼlmagan shaklda amalga oshirilishi va bu aholining tibbiy yordam sifatiga doir istak va talablariga javob bermayotgani;

ikkinchidan, sogʼliqni saqlash sohasidagi smetali moliyalashtirish tizimi eskirgan, zamonaviy xalqaro amaliyotga mos kelmaydigan mexanizmlarga asoslangan boʼlib, moliya resurslarining samarasiz ishlatilishiga va sohaning surunkali tarzda moliyalashtirilmay qolishiga olib kelayotgani;

uchinchidan, kasalliklarni profilaktika qilish va barvaqt aniqlash, patronaj va sogʼlom turmush tarzini shakllantirish boʼyicha ishlar samaradorligining pastligi fuqarolarning ixtisoslashgan tibbiy yordam soʼrab murojaat qilishining koʼpayishiga sabab boʼlayotgani;

toʼrtinchidan, aholiga tibbiy yordam koʼrsatishning turli darajalari va bosqichlari, shu jumladan, davolash va salomatlikni tiklash jarayonida uzviylik sust rivojlanayotgani qayd etilgan.

Dastur farmonda qayd etilgan qator muammolarni bartaraf etishda xizmat qilishi bilan ahamiyatga ega. Xususan, dastur davlat tomonidan sogʼlikni saqlash tizimi ehtiyojlari uchun ajratiladigan byudjet mablagʼlarini oqilona taqsimlash va sarflashga, hududlarda turli kasalliklarning tarqalishini prognoz qilish va davolashga, farmatsevtik yordamning oʼz vaqtida taqdim etilishi uchun zarur dori-darmonlar manbalarini yaratishga moʼljallangan.

Dasturning funksional imkoniyatlari quyidagilardan iborat: Oʼzbekiston Respublikasi hududlarida yosh differensiatsiyasiga koʼra muayyan kasalliklar boʼyicha jamlangan maʼlumotlar boshlangʼich maʼlumot sifatida xizmat qiladi: 14 yoshgacha boʼlgan bolalar, 15 yoshdan 17 yoshgacha boʼlgan oʼspirinlar va kattalar; maʼlumotlarni kiritish va qayta ishlash rejimi, unda yangi maʼlumotlar (yil davomida) kiritiladi va tahlil boshlangʼich maʼlumotlarga muvofiq oʼtkaziladi, klinik maʼlumotlarni aks ettirish rejimi va ishni tugatish rejimi taqdim etiladi. Ishlov berilgan maʼlumotlar jadvallarda joylashgan, ularning har biri MS Excel ish daftarining bitta varagʼini tashkil etadi; maʼlumotlarni kiritish asosiy jadvalda amalga oshiriladi, u yerdan maʼlumotlar mintaqaviy jadvallarga farqlangan ravishda uzatiladi.

Ushbu dastur regionlarda va butun respublikada gastroenterologik kasalliklarning klinik koʼrinishini tahlil qilish va namoyish qilish misolida amalga oshiriladi, ammo boshqa kasallik turlari uchun ham qoʼllanilishi mumkin. Farmonga ko’ra, Oʼzbekistonda 2021-yil 1-yanvardan boshlab bosqichma bosqich majburiy tibbiy sugʼurtaga oʼtilishini hisobga olib, ishlab chiqilgan dastur farmatsevtik yordamni tashkil etish va rejalashtirish muammolarini hal qilishda ishlatilishi mumkin.

Dastur muallifi Umarova Shahnozaga “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuniga ko’ra DGU 06698 raqamli patent berildi.

Поделиться