O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Bir million dasturchi qanday tayyorlanadi?

2020-02-13 | Texnologiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida Toshkent shahrida zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki “IT-Park” barpo etilyotganini, u hozirdanoq o‘zining dastlabki natijalarini bera boshlaganini ta’kidladi. Shuningdek, bunday “IT-Park”lar Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida ham tashkil etilishi aytildi.

Soha uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida xorijiy hamkorlarimiz bilan birgalikda “Bir million dasturchi” loyihasini amalga oshirish boshlangani alohida e’tirof etildi.

Tabiiyki, ko‘pchilik yurtdoshlarimizda “IT-Park” faoliyatiga qiziqish yanada ortdi. “IT-Park” Prezidentimizning 2018-yilda Hindistonga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuv asosida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Hindiston Respublikasining Elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi qoshidagi Dasturiy texnologiyalar parklari jamiyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-yanvarda qabul qilingan qaroriga ko‘ra, “IT-Park” faoliyatini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari belgilanib, direksiya tuzildi. Joriy yilning iyul oyida uning dastlabki binosi foydalanishga topshirildi. Asosiy vazifa va yo‘nalishimizdan biri — axborot texnologiyalari sohasidagi boshlang‘ich va kichik korxonalarga startap loyihalarni amalga oshirishda venchur moliyalashtirish asosida ko‘maklashishdir. Hozirda bu yerda axborot, moliya texnologiyalari, logistika, elektron tijorat, elektron ta’lim, biotexnologiya va boshqa yo‘nalishlardagi ilk loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Masalan, AQShdagi transport korxonalariga logistika hamda kafe va pitsseriyalarga autsorsing bo‘yicha texnologik xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Texnoparkda to‘rtta yo‘nalish — rezidentlar bilan ishlash, IT-Akademiya, venchur moliyalashtirish hamda inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini rivojlantirish loyihalari bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Murojaatnomadagi vazifalarni amalga oshirish uchun Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki hududini kengaytirish va yangi infratuzilma ob’ektlari qurilishini boshlash maqsadida konsepsiya ishlab chiqildi. Hududda 400 ming kv. metrdan ortiq ofis binolari, konferens zal, kovorking markaz, mehmonxona va boshqa binolar quriladi. Buning natijasida dasturiy mahsulot ishlab chiquvchi mingdan ortiq yangi korxonalar tashkil etiladi. 14 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyati paydo bo‘ladi. Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Urganch va Guliston shaharlarida shu yil yakuniga qadar “IT-Park” hududiy filiallari tashkil etiladi.

Ma’lumki, O‘zbekiston aholisining 60 foizi yoshlar bo‘lib, ularni zamonaviy axborot texnologiyalariga keng jalb qilish, ularga dasturiy mahsulot yaratish va autsoring xizmatlarini ko‘rsatishga ko‘maklashish orqali ish bilan ta’minlash muhim vazifalardan hisoblanadi.

Shu maqsadda Axborot texnologiyalari va kmommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan Birlashgan Arab amirliklarining “Dubay kelajak jamg‘armasi” o‘rtasidagi kelishuvga asosan, mamlakatimizda “Bir million o‘zbek dasturchilari” loyihasi ishga tushdi. Bu loyiha AQShning “Udacity” onlayn o‘quv platformasida, 4 ta dasturlash yo‘nalishda olib boriladi. Bular android, ma’lumotlar tahlili, fullstack va frontend. Bu kurslarda yoshidan qat’i nazar, barcha ishtirok etishi mumkin. Kurslar bepul. O‘qish yakunida bitiruvchilarga sertifikat beriladi.

Mazkur “IT-Park” rezidentlari sifatida ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar 2028-yilning 1-yanvariga qadar soliqlar va bojxona to‘lovlaridan ozod etilgan. Bu soha mutaxassislariga katta madad bo‘lib, “IT-Park”ka qiziqishni oshirmoqda.

Поделиться