O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Yangi O‘zbekistonni yoshlar bilan birga quramiz!” shiori ostidagi yoshlar festivali doirasida IT tadbirlar o‘tkazildi

2020-02-07 | Texnologiyalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 27-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda yoshlar bilan o‘tkazgan yig‘ilishi muhim tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga ko‘tarilganini namoyon etdi.

“Yoshlar ijod saroyi”da o‘tkazilgan yoshlar festivali doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan bir kator tadbirlar tashkil etildi.

500 dan ortik talaba yoshlar ishtirok etgan ochiq muloqotda xalqaro maydonda va yurtimizda axborot texnologiyalari sohasiga bo‘lgan talab va taklif ortib borayotgani, yuksak raqamli texnologiyalar barcha sohalarni qamrab olayotgani borasida fikr almashildi. Dasturiy mahsulotlar, veb-dizayn, kibersport, robototexnika yo‘nalishlarida yuksak muvaffaqiyatlarga erishgan soha fidoyilari tomonidlan master – klasslar o‘tkazildi. Soxa mutaxassislari tomonidan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturini ishlab chiqish jarayoni ustida ish olib borilayotgani, yoshlarning dasturiy mahsulotlar va robototexnika yo‘nalishiga oid qiziqish va intilishlarini qo‘llab–quvvatlash borasida qilinayotgan keng ko‘lamli xarakatlar dasturi haqida batafsil ma’lumot berildi. Davra suhbatida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3-yo‘nalishi doirasida qilinayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shu bilan birga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston kibersport federatsiyasi bilan hamkorlikda tadbirga kelgan yoshlar o‘rtasida “FIFA2020” kiberfutbol turniri o‘tkazildi.Mazkur o‘tkazilgan turnirda festivalga kelgan 200 nafardan oshiq yoshlar ishtirok etdi.Turnirda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlarga Vazirlikning esdalik sovg‘alari va rag‘batlantiruvchi mukofotlari topshirildi.

Поделиться