O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Texnologiyalar

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlikning Twitter, Instagramda sahifalari va Youtube-kanallari ochildi

26.02.2020Jamiyat

Bugungi kunda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Virtual muzeylar - milliy madaniy yutuqlarning yorqin ramzi

26.02.2020Madaniyat

Turkiya Respublikasining “Topkapi” saroyida “Yangi O‘zbekistonning madaniy burchagi”ni tashkil etish masalalarini muhokama qilish, MDHga a’zo davlatlarning 2021-2022-yillarda gumanitar sohada hamkorlik bo‘yicha Tadbirlar rejasi loyihalarini hamda MDHga a’zo davlatlar madaniy meros bo‘yicha virtual muzeyi Nizomi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan ekspert yig‘ilishida ishtirok etish maqsadida Madaniyat vazirligining delegatsiyasi 25-28-fevral kunlari Minsk shahri (Belarus Respublikasi) va 28-fevral-2-mart kunlari Istanbul shahri (Turkiya Respublikasi) da bo‘ladi.

IT Park Startapchilar uchun «Ochiq eshiklar kuni» tashkil etdi

25.02.2020Texnologiyalar

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT Park) O‘zbekiston venchur investitsiyalash uyushmasi bilan hamkorlikda startapchilar uchun «Ochiq eshiklar kuni» tashkil etadi.

Nazoratda ishtirok eting

25.02.2020Texnologiyalar

Endilikda, fuqarolar davlat xizmatlaridan onlayn tarzda foydalanganda qonunbuzilish holatlari toʻgʻrisida elektron tizim orqali xabar berishi mumkin.

Kam qavatli g'ishtli binoning tebranishlar darajasini aniqlash dasturi

24.02.2020Fan

Har bir bino va inshoot o‘zining xususiy tebranish chastotalariga va tebranish shakllariga ega. Zilzilabardoshlikni baholashda har bir shakl uchun o‘ziga xos va mos dinamik koeffitsient hamda ularga taʼsir etuvchi seysmik kuch aniqlanadi. Seysmik kuchlarni aniqlashda juda muhim hisoblangan bino va inshootning xususiy tebranish chastotalari, uning tebranish shakllari hamda tebranish dekrementlari singari qator zaruriy miqdorlarini imkon darajasida inobatga oladi.

Hindistonning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

24.02.2020Texnologiyalar

24-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligida Hindistonning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Santosh Dja bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Onlayn olimpiadalarini tashkil etish va iqtidorli o‘quvchilar zaxirasini shakllantirish axborot tizimi ishga tushirildi

24.02.2020Ta’lim

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida raqamli bilimlar va zamonaviy texnologiyalarini egallash boʻyicha bergan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlar oʻquvchilari uchun “Onlayn olimpiadalar tashkil etish va iqtidorli oʻquvchilar zaxirasini shakllantirish” axborot tizimi– olympiad.uzedu.uz ishga tushirildi. 

Toshkentda Turkiya Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining filiali ochiladi

21.02.2020Ta’lim

O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi Turkiya Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkentdagi filialini ochish yuzasidan memorandum imzoladi.

«Kompyuter grafikasi» fanidan Learn Graph dasturi

21.02.2020Texnologiyalar

Kompyuter grafikasi ayniqsa, badiiy bezaklarda keng ishlatila boshlandi. Eng sodda grafik redaktorlar yordamida ikki o‘lchamli obʼektlarning rasmlarini yaratish mumkin bo‘ldi. Murakkabroq redaktorlarda esa ko‘plab maxsus effektlari ishlatiladi. Hatto badiiy bezakdan ancha yiroq bo‘lgan kishilar ham sodda rasmlarni juda tez yaratishlari mumkin.

 

Taʼlim tizimiga innovatsiyalarni joriy etish: natijalar va istiqbollar

21.02.2020Innovatsiya

Joriy yilning 19-fevral kuni Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktab-internatida “Taʼlim tizimiga innovatsiyalarni joriy etish: natijalar va istiqboldagi rejalar” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar boʻlib oʻtdi. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu seminar taʼlim tizimiga innovatsiyalarni joriy etish natijalari va istiqboldagi rejalar mavzusiga bagʻishlanadi.

Vazifalar dolzarb va juda muhimdir

21.02.2020Texnologiyalar

20-fevral kuni Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida Davlat dasturi loyihasining ijtimoiy yo‘nalishlari muhokama qilingan edi. Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov ishtirok etdi.

Suv xo‘jaligi vazirligida matbuot anjumani o‘tkazildi

19.02.2020Jamiyat

Joriy yil 19-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida Prezidentimizning Murojaatnomasida belgilangan vazifalarning vazirlik tizimida ijrosiga bag‘ishlab matbuot anjumani o‘tkazildi.

O‘zbekiston Internet-tezligi bo‘yicha jaxon reytingida o‘z pozitsiyalarini yaxshilab 4 pog‘onaga ko‘tarildi

19.02.2020Texnologiyalar

“Ookla” kompaniyasi Speedtest.net servisi yanvar oyi 2020-yil natijalariga ko‘ra yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Speedtest Global Index mobil va simli aloqa Internet tezligi jaxon reytingi bo‘yicha O‘zbekiston Internet aniqlangan tezligi natijalariga ko‘ra yana to‘rt pozitsiyaga ko‘tarildi.

“O‘zkomnazorat” DI hududiy inspeksiyasi “O‘zbektelekom” AK Namangan filialida seminar o‘tkazdi

19.02.2020Jamiyat

“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasining Namangan viloyati hududiy inspeksiyasi tomonidan “O‘zbektelekom” AKning viloyatdagi filiali mas’ul xodimlari ishtirokida 2020-yilning 18-fevral kuni “Qurilishi tugallangan telekommunikatsiya obyektlarini davlat komissiyasi tomonidan foydalanishga qabul qilish tartibi” mavzusida profilaktik-seminar o‘tkazildi.

SBQ - Svetoforni boshqaruvchi qurilma uchun dastur

19.02.2020Texnologiyalar

Haydovchilar va piyodalar xavfsiziligini ta’minlashda svetoforlar muhim ahamiyat kasb etadi. Yo’l harakatini tartibga soluvchi chiroqlar yoʼl harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʼl-transport hodisalarining oldini olishga xizmat qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

19.02.2020Fan

18-fevral kuni Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Vengriya tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto bilan uchrashdi.

Internet xizmatlariga ulanish uchun arizalarni endi onlayn topshirish mumkin

18.02.2020Texnologiyalar

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tizimdagi korxonalar ish samaradorligi, aholiga qulay va sifatli xizmatlar ko‘rsatish sifatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Chunki, raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi, odamlar turmushini keskin yaxshilashi mumkin.

 

Xalq taʼlimi tizimida yangi davlat xizmati joriy etilmoqda

18.02.2020Ta’lim

Xalq taʼlimi vazirligi davlat xizmatlari koʻrsatishni yana-da takomillashtirish, fuqarolarga qulaylik yaratish, umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida hujjatlarning dublikatini berishda shaffoflikni taʼminlash va korrupsiya holatlarini oldini olish, ortiqcha byurokratik jarayonlarni tubdan qisqartirish maqsadida yana bir muhim qadamni tashlamoqda.

​Talabalarga biznes rejalarini amalga oshirishga ko‘maklashuvchi «YE Generator» biznes-inkubatori ish boshladi

17.02.2020Innovatsiya

15-fevral kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshida “Young Entrepreneurs Generator” (“YE Generator”) nomli biznes-inkubator oʻz faoliyatini boshladi. Shu munosabat bilan uning ochilishiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.