O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasida o‘quv seminari o‘tkazildi
2020-02-14 | Texnologiyalar
2020-yil 13-fevral kuni “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish devoni mas’ul xodimi D. Nasretdinov ishtirokida videoselektor tarzidagi seminar o‘tkazildi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 2018-yil 27-iyuldagi Farmoni, 2018-yil 21-noyabrdagi “Axborot taxnologiyalari va kommunikatsiyalarining joriy etilishini nazorat qilish, ularni himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi Qaror hamda Adliya vazirligidan 2018-yil 6-sentabrda 3067-raqam bilan ro‘yxatga olingan “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va o‘tkazish tartibi haqida”gi vaqtinchalik Nizom talablari, mazmun-mohiyati va tekshiruvlarni o‘tkazishning tartib-tamoyillari haqida so‘z bordi.
D. Nasretdinov seminar yakunida Davlat inspeksiyasi xodimlari tomonidan berilgan savollarga javoblar qaytardi.