O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Nazoratda ishtirok eting

2020-02-25 | Texnologiyalar

Endilikda, fuqarolar davlat xizmatlaridan onlayn tarzda foydalanganda qonunbuzilish holatlari toʻgʻrisida elektron tizim orqali xabar berishi mumkin.

Davlat xizmatlari agentligi tomonidan “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” DUK va “Uzinfocom” MCHJ bilan hamkorlikda my.gov.uz portali orqali yuborilgan arizalarni koʻrib chiqishda vakolatli organlar tomonidan qonunbuzilish holatiga yoʻl qoʻyilgan taqdirda xabar berish imkoniyati yaratildi.

my.gov.uz portali orqali onlayn ravishda berilgan arizalarning koʻrib chiqish muddati buzilganda, ariza asossiz ravishda rad etilganda yoki boshqa qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyilganda, fuqarolar mustaqil ravishda Davlat xizmatlari agentligiga xabar yuborishlari mumkin.

Agentlik har bir qonunbuzilish holatlarini bartaraf etib, tegishli taʼsir choralarini qoʻllashni va sifatli davlat xizmatlari koʻrsatishni taʼminlaydi.

Eslatma: Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2155-moddasiga asosan davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonun hujjatlarini buzish mansabdor shaxslar va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Поделиться