O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Kompyuter grafikasi» fanidan Learn Graph dasturi

2020-02-21 | Texnologiyalar

Kompyuter grafikasi ayniqsa, badiiy bezaklarda keng ishlatila boshlandi. Eng sodda grafik redaktorlar yordamida ikki o‘lchamli obʼektlarning rasmlarini yaratish mumkin bo‘ldi. Murakkabroq redaktorlarda esa ko‘plab maxsus effektlari ishlatiladi. Hatto badiiy bezakdan ancha yiroq bo‘lgan kishilar ham sodda rasmlarni juda tez yaratishlari mumkin.

 

Hozirgi vaqtda badiiy bezak asarlari ko‘rgazmalari ham tashkil qilinmoqda. Ko‘pgina asarlar qo‘lda yaratilgan bo‘lsada, ularning eskizlari kompyuter grafikasida yaratiladi. Bunday grafik paketlarga quyidagilar kiradi: Painter (Fractal Design), Adobe Photoshop (Adobe Systems Inc.), Adobe Illustrator (Adobe Systems Inc.), CorelDRAW (Corel Corp.). Kompyuterlar animatsion mahsulotlar yaratishning ideal vositasiga aylanib bormoqda. Multiplikatorlarning mehnati osonlashmoqda va ularning mehnati ijodiy xarakterga ega bo‘la boshladi. Аyniqsa kompyuter grafikasi uch o‘lchamli animatsiya roliklarini yaratishda juda samarali ishlatilmoqda. Bunday kompyuter grafikasi redaktorlariga MediaMaster dasturi kiradi.

Uch o‘lchamli animatsiyalar yaratishni o’rgatuvchi milliy dastur soddaligi va oson tushunarligi bilan ahamiyatlidir.

Dastur pedagogika oliy ta’lim muassasalarining 5110700 - «Informatikani o‘qitish metodikasi» ta’lim yo‘nalishi talabalariga «Kompyuter grafikasi» fanini o‘qitish uchun mo‘ljallangan.

Dastur undagi ma’lumotlarning ovoz va turli animatsiyalar bilan uyg‘unligi, asosiy atamalar va negizlarga gipermurojaat mavjudligi va boshqa ko‘rsatkichlari bilan ahamiyatlidir. Dasturning funksional imkoniyatlari quyidagilardan iborat: foydalanuvchilar dasturning menyusi yordamida har bir mavzu uchun ma’ruzalar, amaliy topshiriqlar, laboratoriya ishlari, taqdimot materiallari, glossariy (lug‘atlar), audio- va videomateriallarga tezkor o‘tish, ob’yektlarning 3D ko‘rinishlarini yaratish masalalarni yechish va ularning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini tekshirish, mavzuga oid ma’lumotlarni animatsion ko‘rinishda taqdim etish, dasturdan chiqish kabi bir qator ishlarni amaliy dasturda oson bajarishlari va undan foydalanishlari mumkin.

Dastur muallifi Zaripov Olimjan va Madaminov Uktamjonga “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga ko‘ra DGU 06992 raqamli guvohnoma berildi.

Поделиться