21:26:54 (GMT+5)    06.04.2025

O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
YanvarFevralМарт
AprelMayIyun
IyulAvgustSentabr
OktabrNoyabrDekabr
Kalendar

Voqealar

Aprel 2025
Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
282930    
       
Portalda yangilik
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>

Kam qavatli g'ishtli binoning tebranishlar darajasini aniqlash dasturi

2020-02-24 | Fan

Har bir bino va inshoot o‘zining xususiy tebranish chastotalariga va tebranish shakllariga ega. Zilzilabardoshlikni baholashda har bir shakl uchun o‘ziga xos va mos dinamik koeffitsient hamda ularga taʼsir etuvchi seysmik kuch aniqlanadi. Seysmik kuchlarni aniqlashda juda muhim hisoblangan bino va inshootning xususiy tebranish chastotalari, uning tebranish shakllari hamda tebranish dekrementlari singari qator zaruriy miqdorlarini imkon darajasida inobatga oladi.

Dastur seysmik kuch taʼsirida hosil bo‘lgan to‘lqinning binoda tarqalishi, bino konsruksiyalarining ixtiyoriy nuqtasidagi tebranishlar darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan. Masala elastiklik nazariyasining bir jinsli bo‘lmagan muhitda to‘lqin tarqalishi masalasiga keltirilib, chekli elementlar usulini qo‘llagan holda yechilgan, chunki bunday masalalarni analitik usulda yechishning imkoni yo‘q.

Bino va inshootlarning istalgan nuqtasida vaqtga bogʼliq holda zo‘riqish, kuchlanish va ko‘chishlarni, shuningdek, ularning maksimal qiymatlarini aniqlash masalasi inshootlar dinamikasi yoki zilzilabardoshligining asosiy masalasi hisoblanadi.

Dasturning funksional xususiyatlari quyidagilardan iborat:

• seysmik to‘lqinlarning tarqalish darajasini binoning konstruktiv elementlarida va turli tarkibli gruntlarning yer ustki sathida hamda chuqur joylashgan nuqtalarida aniqlash;

• binoda aktiv seysmik himoya elementlari qo‘llanilganda hamda gruntning bir jinsli bo‘lmaganligini ham hisobga olgan holda binoning ixtiyoriy nuqtasidagi tebranishlarni kamaytirishni tadqiq qilish;

• binoda qo‘llaniladigan aktiv seysmik himoya elementining geometrik parametrlari va turlarini o‘zgartirib uning samaradorligini aniqlash;

• dastur universal bo‘lib, uning yordamida ikki o‘lchamli statik masalalarni ham yechish mumkin.

Dasturdan quruvchi-muhandislar, magistrlar va talabalar foydalanishlari mumkin.

Dastur muallifi Namangan muhandislik-qurilish institutiga “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to'g'risida”gi O'zbekiston Respublikasining qonuniga ko‘ra DGU 07040 raqamli guvohnoma berildi.

Поделиться