O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

SBQ - Svetoforni boshqaruvchi qurilma uchun dastur

2020-02-19 | Texnologiyalar

Haydovchilar va piyodalar xavfsiziligini ta’minlashda svetoforlar muhim ahamiyat kasb etadi. Yo’l harakatini tartibga soluvchi chiroqlar yoʼl harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʼl-transport hodisalarining oldini olishga xizmat qiladi.

Zero, yoʼl harakati qoidalari harakat ishtirokchilari zimmasiga muayyan huquq va majburiyatlarni yuklaydi. Bu huquqlar va majburiyatlarning asosiy qismi harakat xavfsizligini tartibga solib turuvchi yoʼl-patrul xizmati xodimlari hamda yoshi, kasb-kori, mavqeidan qatʼiy nazar turlitoifadagi haydovchilar, yoʼlovchilar oʼrtasidagi munosabatlarda aks etadi. Bu huquqiy munosabatlar yoʼllarda harakatlanish qoidalari buzilgan taqdirdagina vujudga keladi.

Dastur svetoforni boshqaruvchi qurilma uchun mo‘ljallangan.

Dasturning funksional imkoniyatlari quyidagilardan iborat:

• chorrahalardagi yo‘l harakatini avtomatik tarzda nazorat qiladi;

• yo‘llarda o‘rnatilgan svetoforlarni kerakli vaqtda o‘chirib-yoqishga va haydovchilar, piyodalar to‘gʼri harakatlanishiga yordam beradi;

• kechki soat 12:00 da o‘z rejimini o‘zgartirib svetoforni o‘chiradi, ertalabki soat 5:00 da avtomatik ravishda qayta yoqiladi.

Dastur chorrahalardagi svetoforlarni nazorat qilishda, piyodalar o‘tish joylarida, temir yo‘llar tizimida, maktab, kollejlar o’tish joylarida o’rnatilgan maketlarda qo’llanishga mo’ljallangan.

Dastur muallifi Mannanov Muzaffar va Axmedov Isxoqjonga “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga ko‘ra DGU 06709 raqamli guvohnoma berildi.

Поделиться