O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston bilan Buyuk Britaniya o‘rtasida investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy sohalardagi hamkorlikning borishi ko‘rib chiqildi

2021-09-16 | Iqtisodiyot

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari L.Kudratov Buyuk Britaniyaning Janubiy Osiyo va Hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha davlat vaziri Lord Tarik Ahmad bilan uchrashdi.

Muzokaralar chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari, shuningdek, Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Britaniya Kengashining 25-yig‘ilishi doirasida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi muhokama qilindi.
 
Britaniya tomoni O‘zbekistonda investisiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashni ko‘zlab olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni olqishladi.
 
Suhbat chog‘ida tomonlar o‘zaro savdoning ijobiy dinamikasini, xususan, koviddan keyingi davrdagi o‘sishini qayd etdilar. Jumladan, joriy yilning yanvar-iyul' oylarida ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi 52,5 foizga oshdi. Buyuk Britaniyadan investitsiyalarni jalb qilish ko‘rsatkichlari ham sezilarli o‘sishni ko‘rsatmoqda.
 
Moliyaviy-texnik hamkorlik masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. Britaniya tomoniga Jahon banki bilan hamkorlikda “Markaziy Osiyoda iqtisodiy taraqqiyotni samarali boshqarish” dasturi (ESD) doirasida O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli hayotga tatbiq etishda ko‘rsatilayotgan yordam uchun minnatdorlik bildirildi. “TAF2 COVID19 Rapid Response Facility” granti doirasida pandemiyaning O‘zbekiston eksport tuzilmasiga salbiy ta'sirini baholash loyihasini amalga oshirishda erishilgan yutuqlar ham qayd etildi.
 
Muzokaralar yakunida tomonlar ko‘rib chiqilgan hamkorlikning barcha yo‘nalishlari doirasida faol va muntazam ravishda muloqot qilishga sodiqligini bildirdilar. Shuningdek, Britaniya tomoni bilan joriy loyihalarni ilgari surish va investisiya va savdo hamkorligining yangi yo‘nalishlarini ishlab chiqish uchun yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться