O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazi va Tashqi iqtisodiy faoliyat “Milliy bank” aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida hamkorlik memorandum imzolandi

2021-09-16 | Siyosat

Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazi tomonidan “UzASBO” dasturiy majmuasini rivojlantirish va budjet tashkilotlariga zamonaviy texnologik xizmatlarni ko‘rsatish uchun sharoitlar yaratish maqsadida, Axborot-hisoblash markazi va to‘lov xizmatlarini taqdim etuvchi Tashqi iqtisodiy faoliyat “Milliy bank” aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida hamkorlik memorandum imzolandi.

“Milliy bank” to‘lov xizmatlari orqali “Oylik monitoring” xizmatini (oylik ish haqi bo‘yicha elektron shaklda to‘liq ma’lumotlar olish xizmati) amalga oshirish bo‘yicha xizmatlarni tashkil etish rejalashtirilgan.

2011-yilda ishga tushurilgan “UzASBO” dasturiy majmuasida bugungi kunda 30 mingdan ortiq budjet tashkilotlari ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, jami

3 milliondan ortiq budjet tashkilotlari hodimlariga ish haqi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda.

Bundan tashqari kelgusida mazkur xizmatlar ro‘yxatini yanada kengaytirib borish ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, aholidan budjet tashkilotlariga to‘lovlarni amalga oshirish belgilangan. Masalan, Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasiga kitob ijarasi uchun, tibbiyot muassasalarida ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar uchun, oliy va professional ta’lim muassasalari kontrakt to‘lovlari uchun va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ota-onalar badal to‘lovlari uchun hamda boshqa xizmatlar uchun “Milliy bank” to‘lov xizmatlarini taklif etish nazarda tutilgan.

Shuningdek, “Milliy bank” to’lov tizimi tomonidan budjet tashkilotlari xodimlariga mikroqarzlarni rasmiylashtirish va mikrokreditlarni berish ishlarini tashkil etish hamda rejalashtirilgan. 

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться