O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqtisodiyot

“O‘zbekiston–sarmoyadorlar uchun katta imkoniyatlar zamini”

12.01.2018Iqtisodiyot

Eronda ingliz tilida nashr etiladigan “Iran News” gazetasida ana shunday sarlavha ostidagi maqola bosilib chiqdi. Muharrir Fareddun Taxerpur qalamiga mansub mazkur maqolada O‘zbekistonning zamonaviy iqtisodiy rivojlanishiga oid atroflicha ma’lumotlar o‘z ifodasini topgan. 

O'zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari joylashtirildi

12.01.2018Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida” 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-son qaroriga asosan, Moliya vazirligi rasmiy veb saytining Davlat byudjeti bo'limida O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari joylashtirildi.

Tadbirkorlar: 2018 yilda berilgan yengillik va soliq imtiyozlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldik

12.01.2018Iqtisodiyot

Avval xabar berganimizdek, poytaxtimizdagi "O‘zekspomarkaz" milliy ko‘rgazmalar majmuida Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan soliq va byudjet siyosatining 2018 yilgi asosiy yo‘nalishlaridan kelib chiqib soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

“Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri tayyorlanadi

12.01.2018Iqtisodiyot

Oliy Majlis huzurida tashkil etilgan Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti yaqin vaqt oralig‘ida tadbirkorlik, savdo va ekologiya sohasidagi qonun hujjatlarini kodifikatsiya qilish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish, qonunlar ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq fuqarolar, tadbirkorlik va iqtisodiyotning ortiqcha byurokratik xarajatlarini bartaraf etishning istiqbolli yo‘llarini topish, jinoiy va jinoiy-protsessual qonunchilikni ishlab chiqish konsepsiyasini yaratishni rejalashtirmoqda.

Moliya organlariga ishga qabul qilish uchun faol yoshlar zaxirasini yaratish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida ma'lumot

11.01.2018Iqtisodiyot

Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga yo‘llangan ilk tarixiy Murojaatnomasida moliya organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha bir qator topshiriqlar berildi.

Farg‘onada mahalliy byudjetning 2018-yilgi parametrlari qanday?

11.01.2018Iqtisodiyot

Xalq deputatlari viloyat kengashi tomonidan Farg‘ona viloyati mahalliy byudjetining daromadlari va xarajatlari tasdiqlandi. Xo‘sh, joriy yilda viloyatning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatgichlari qanday bo‘ladi? 

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat'iy belgilangan soliq stavkalari pasaytirildi

11.01.2018Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-sonli qarori bilan bilan joriy yilning 1 yanvaridan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlardan olinadigan qat’iy belgilangan soliq stavkalari belgilandi.

Respublikamiz Oliy ta’lim muassasalari va O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining daromadlariga 2018 yil 1 yanvardan boshlab soliq va majburiy to‘lovlardan imtiyozlar berildi

10.01.2018Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi PQ-3454-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra Byudjet tashkilotlari jumladan, Respublikamiz oliy ta’lim muassasalari va O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy oliy ta’lim muassasalariga soliq va majburiy ajratmalardan imtiyozlar tadbiq etildi.

Baholash faoliyatini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar

09.01.2018Iqtisodiyot

Baholash faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida o'tgan hisobot davrida mavjud normativ bazani yanada takomillashtirish bo'yicha ma'lum ishlar amalga oshirildi. Hususan, Davlat raqobat qo'mitasining Mulkni baholash milliy standarti (8 son MBMS) “Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash” va (9 son MBMS) “Biznes qiymatini baholash” to'g'risidagi normativ hujjatlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish bo'yicha qarorlari ishlab chiqildi.

Endi xorijga milliy valyutada pul o‘tkazish mumkin

09.01.2018Iqtisodiyot

Bank tizimida xalqaro pul o‘tkazmalari uchun mablag‘lar mijozlardan milliy valyuta – so‘mda qabul qilinib, chet elga jo‘natilishi yo‘lga qo‘yildi. Yuborilgan pul mablag‘larini xorijda qabul qilib oluvchi fuqaro o‘sha davlat pul birligida, dollarda yoki yevroda olishi mumkin. Bunda xorijiy valyuta fuqaroning xohishiga ko‘ra tanlanadi.

Sirdaryo viloyatidagi faoliyatsiz korxonalar tiklanmoqda

08.01.2018Iqtisodiyot

Avval ma'lum qilinganidek O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 fevralda qabul qilingan PQ-2796-sonli qaroriga muvofiq, joylarda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimlarining birinchi o'rinbosarlari boshchiligida Idoralararo komissiyalar tuzilgan va ushbu komissiyaning ishchi organi sifatida Davlat raqobat qo'mitasi hududiy organlari biriktirilgan.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" mahalliy yo‘nalishlarda tariflarni pasaytiradi

08.01.2018Iqtisodiyot

"O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi mahalliy yo‘nalishlardagi qatnovlarga tabaqalangan tariflarni kiritdi. Kiritilgan yangiliklar yo‘lovchilarga ularning talablariga mos keluvchi aviachiptalarni tanlashga imkon beradi.

Qashqadaryoda ming yoshli daraxt hamon meva bermoqda. Mevaning bir kilosi – 100 ming so‘m

08.01.2018Iqtisodiyot

Yurtimizda 35 ming gektardan ko‘proq maydonda xandon pista yetishtirilishiga qaramay uning bir kilogrammi bozorlarimizda 100 ming so‘mdan yuqori narxlarda sotilmoqda. Jahon bozorida “yashil oltin” deya ta’rif beriladigan bu mahsulot yong‘oq va bodomga nisbatan 5-6 barobar qimmat baholanadi.

2018 yildan boshlab mol-mulk solig‘i kadastr qiymatidan kelib chiqib belgilanadi. “Patent”li tadbirkorlar solig‘i 30 foizga kamaydi

08.01.2018Iqtisodiyot

2018 yil 1 yanvardan boshlab jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq mol-mulkning kadastr qiymatidan hisoblanishi joriy etilib, soliqning asosiy stavkasi 1,7 foizdan 0,2 foiz pasaytirildi va soliq hisoblashda kadastr qiymati 42 million so‘mdan kam bo‘lmasligi belgilandi.

Bozorlar obod bo‘ladi

08.01.2018Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Preziden­tining 2017 yil 27 martdagi “2017-2019 yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Konimex tumanida ishlar aniq reja asosida yo‘lga qo‘yilmoqda.

Press-reliz

08.01.2018Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi soliq va byudjet siyosatining 2018 yilgi asosiy yo‘nalishlaridan kelib chiqib soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyatini aholi va tadbirkorlik subyektlariga yetkazish maqsadida, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 6 kunlik ko‘rgazmali seminar va matbuot anjumani tashkil etildi.

Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini 10 yanvarga qadar to’lashni unutmang

06.01.2018Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2018 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-454-sonli Qonuniga muvofiq: