O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri tayyorlanadi
2018-01-12 | Iqtisodiyot
Oliy Majlis huzurida tashkil etilgan Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti yaqin vaqt oralig‘ida tadbirkorlik, savdo va ekologiya sohasidagi qonun hujjatlarini kodifikatsiya qilish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish, qonunlar ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq fuqarolar, tadbirkorlik va iqtisodiyotning ortiqcha byurokratik xarajatlarini bartaraf etishning istiqbolli yo‘llarini topish, jinoiy va jinoiy-protsessual qonunchilikni ishlab chiqish konsepsiyasini yaratishni rejalashtirmoqda.
Iqtisodiyot sohasida amaldagi qonunlarni inventarizatsiya qilish va uning natijalariga ko‘ra, taxminan 10 ta yangi qonun yangi qonun loyihasini tayyorlash belgilangan. Jumladan, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahriri tayyorlanadi.
2018 yilda institut Yevropa parlamenti tadqiqotlari markazi, AQSH, Koreya, Germaniya, Turkiya parlamentining ilmiy muassasalari bilan hamkorlik memorandumlari imzolashni rejalashtirgan.
Ulug‘bek Asrorov, O‘zA