O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“O‘zbekiston–sarmoyadorlar uchun katta imkoniyatlar zamini”

2018-01-12 | Iqtisodiyot

Eronda ingliz tilida nashr etiladigan “Iran News” gazetasida ana shunday sarlavha ostidagi maqola bosilib chiqdi. Muharrir Fareddun Taxerpur qalamiga mansub mazkur maqolada O‘zbekistonning zamonaviy iqtisodiy rivojlanishiga oid atroflicha ma’lumotlar o‘z ifodasini topgan. 

Maqolada O‘zbekiston Prezidentining Oliy Majlis palatalariga Murojaatnomasi tarixiy ahamiyatga ega ekanligi alohida qayd etilgan. Materialda 2018 yil mamlakatimizda "Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili" deb e’lon qilingani ham qalamga olingan.

Muallifning ta’kidlashicha, tarixan qisqa davr oralig‘ida O‘zbekiston agrar respublikadan iqtisodiyoti izchil rivojlanayotgan industrial mamlakatga aylandi, jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egalladi.

Nashr respublikamizda o‘nlab yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarish tarmoqlari barpo etilganini ham o‘quvchilarning e’tiboriga havola qilgan. “Avtomobilsozlik, neft-gaz, elektrotexnika, kimyo va farmatsevtika singari sanoatning zamonaviy jabhalari yuzaga keldi, to‘qimachilik, oziq-ovqat va boshqa tarmoqlar to‘la modernizatsiyalashdi, yuzlab yirik sanoat ob’ektlari qurildi”, deb yozadi gazeta.

Ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning natijasi o‘laroq, mamlakatda qator erkin iqtisodiy zonalar faoliyat ko‘rsatayotgani, ularda xorijlik sarmoyadorlar uchun soliq, bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozli sharoitlar va boshqa qator qulayliklar taqdim etilgani ham ta’kidlangan.

Поделиться