O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Baholash faoliyatini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar
2018-01-09 | Iqtisodiyot
Baholash faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida o'tgan hisobot davrida mavjud normativ bazani yanada takomillashtirish bo'yicha ma'lum ishlar amalga oshirildi. Hususan, Davlat raqobat qo'mitasining Mulkni baholash milliy standarti (8 son MBMS) “Xususiylashtirish maqsadida mulk qiymatini baholash” va (9 son MBMS) “Biznes qiymatini baholash” to'g'risidagi normativ hujjatlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish bo'yicha qarorlari ishlab chiqildi.
Davlat raqobat qo‘mitasi va Xalqaro Moliya Korporatsiyasi bilan hamkorlikda Mulkni baholash milliy standarti (14-son MBMS) “Tovar-moddiy boyliklarni baholash” va Mulkni baholash milliy standarti ( 15-son MBMS) “Mashina va uskunalar qiymatini baholash” bo‘yicha normativ hujjat ishlab chiqildi.
Baholovchi malakasini olish uchun 12 ta malaka imtihonlari o‘tkazildi. 475 ta talbgordan 142 tasi baholovchi malaka sertifikatini oldi. 2017 yilning 31 dekabr holatiga jami bo‘lib 1009 ta baholovchi malaka sertifikati amalda.
Ekspert komissiyasi tomonidan 29 ta yuridik shaxslarning baholash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olish to‘g‘risidagi murojaatlari ko‘rib chiqildi. 19 ta litsenziya berildi. 2017 yilning 31 dekabr holatiga jami bo‘lib 219 ta litsenziya amalda bo‘lib shundan: