O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Moliya organlariga ishga qabul qilish uchun faol yoshlar zaxirasini yaratish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida ma'lumot

2018-01-11 | Iqtisodiyot

Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 22 dekabrda Oliy Majlisga yo‘llangan ilk tarixiy Murojaatnomasida moliya organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha bir qator topshiriqlar berildi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, moliya vazirligi va uning quyi tizimlarida mavjud bo‘lgan vakant ish o‘rinlarini to‘ldirishda innovatsion g‘oya va fikrga ega bo‘lgan xalq manfaatlariga sadoqat bilan xizmat qiladigan bilimli, tashabbuskor, halol va fidoyi yangi avlod kadrlarini jalb qilish, ularni mas’ul vazifalarga tavsiya etish hamda doimiy yangilanadigan zaxirasini yaratish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Ushbu topshiriqning bajarilishini ta’minlash maqsadida Moliya vazirligi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi va respublikamizdagi iqtisodiyot yo‘nalishi bo‘yicha ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda moliya organlariga ishga qabul qilish uchun faol yoshlar qatoridan nomzodlar zaxirasini yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida berilgan e’lonlar asosida 3 100 nafardan ziyod moliya organlarida ishlash niyatini bildirgan yoshlar orasidan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan 490 nafari saralab olinib, Moliya vazirligiga tavsiya etildi.

Shu bilan birga, Moliya vazirligi Yoshlar yetakchilar kengashiga 90 nafardan ziyod moliya organlarida ishlash niyatini bildirgan yoshlarning hujjatlari kelib tushgan.

Hozirgi kunda moliya vazirligi tizimidagi vakant ish o‘rinlarini zamonaviy bilim va ko‘nikmalar, innovatsion g‘oya va fikrga ega bo‘lgan, Vatanni sevadigan yosh kadrlar bilan to‘ldirish ishlari olib borilmoqda.

 

Moliya vazirligi

Yoshlar yetakchilar kengashi raisi M.Sultanov

Поделиться