O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqtisodiyot

Yangilik: “Boysun-farm” EIZda qo‘y junidan inson uchun foydali modda olinadi

06.01.2018Iqtisodiyot
“Boysun-farm” erkin iqtisodiy zonasida qo‘y junidan farmatsevtika sanoati uchun noyob xomashyo – lanolin substansiyasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
 

Moliya tizimidagi vakant o‘rinlarga fidoyi yoshlar tavsiya qilindi

06.01.2018Iqtisodiyot

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 22-dekabrda Oliy Majlisga Murojaatnomasida moliya organlari faoliyatini yanada takomillashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratib, sohani nopok kadrlardan tozalash zarurligini ta’kidladi. 

“O’zbekenergo” AJning 2017 yil 9 oylik ishlab chiqarishning asosiy ko‘rsatkichlari

05.10.2017Iqtisodiyot

Don va donni qayta ishlash mahsulotlaridan oqilona foydalanish ustida 2017 yilda davlat nazorati

05.01.2018Iqtisodiyot

“O’zdavdoninspeksiya”ga yuklatilgan vazifa va funksiyalarga hamda 2017 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalaridan kelib chiqib “O`zdavdoninspeksiya”ning 2017 yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturiga asosan 2017 yilning yakuni bo`yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi.

O‘zbekistonda suyultirilgan gazning bahosi 2018 yilda qanday bo‘ladi?

04.01.2018Iqtisodiyot

2018 yil 1 apreldan respublika hududlari kesimida aholiga suyultirilgan gazni sotish narxlari qo‘shilgan qiymat solig‘i hisobga olingan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 720 so‘m, Andijon, Namangan, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida 700 so‘m, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 500 so‘m etib belgilandi.

Jizzaxdagi Markaziy Osiyoda yetakchi bo’lgan qandiolatchilik korxonasi

04.01.2018Iqtisodiyot

Vohamizda 2017 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, bu harakatning raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishdagi o’rnini yanada kengaytirish va shu asnoda aholi turmush darajasini yaxshilash bo’yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Natijada, tadbirkorlar bu boradagi ulkan imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish lozimligini chuqur his etishmoqda.

2017 yilda «O‘zdonmahsulot» AK tizim korxonalarida iqtisodiy islohotlarning borishi va ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish prognoz ko’rsatkichlari

04.01.2018Iqtisodiyot

2017 yilning 14 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2017 yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturining eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan majlisida Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonlaridan iqtisodiyotda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish bo‘yicha belgilab berilgan ustuvor vazifalar asosida kompaniya va tarkibdagi korxonalar iqtisodiy o‘sishning yuqori sur'atlarini ta'minlash, yangi quvvatlarni ishga tushirish, mavjudlarini zamonaviy yangi texnologiyalar asosida modernizatsiya qilish, tarmoqni diversifikatsiya qilish, import o‘rnini bosadigan hamda eksport qilishga yo‘naltirilgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish borasida keng qamrovli ishlarni tashkil etgan.

O‘zbekiston va Ukraina yong‘oq yetishtiruvchilar Assotsiatsiyalari o‘zaro hamkorlik qilishadi

29.12.2017Iqtisodiyot

O‘zbekistonda mahalliy tabiiy- iqlim sharoitiga moslashgan zamonaviy, hosildorligi yuqori bo‘lgan yong‘oqzorlarni barpo etish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar Kiyevda tashkil etilgan“Freshbusinessexpo -2017” ko‘rgazmasi hamda “Rentabelli zamonaviy yong‘oqzorlar barpo etishdagi yangiliklar. Yangi agrotexnologiya, navlar, iqtisodiyot” mavzuiga bag‘ishlangani xalqaro konferentsiya ishtirokchilari tomonidan muhokama etildi.

Energiya tizimini yanada takomillashtirishdayangi qadam

29.12.2017Jamiyat

Prezident tashrifidan so‘ng...

2021-yilgacha kimyo mahsulotlari eksporti hajmi 2,7 barobar oshiriladi

29.12.2017Iqtisodiyot

Davlatimiz rahbarining joriy yil 23-avgustdagi qarori asosida 2017-2021-yillarda kimyo sanoatini rivojlantirish dasturi qabul qilindi.

Tashqi savdo vaziri o‘rinbosari: “O‘zbekistonda eksport hajmi 2022-yilgacha 2,5 barobarga ortadi”

29.12.2017Iqtisodiyot

Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yilda tashqi savdoni erkinlashtirish, eksport salohiyatini oshirish sohada amalga oshirilgan tizimli ishlarning asosini tashkil etdi.

Kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

28.12.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-dekabr kuni kimyo sanoati korxonalarining bugungi moliyaviy-iqtisodiy holati va sohani rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Hukumat va fuqarolik jamiyati vakillari fuqarolar uchun byudjetni (xalq byudjetini) shakllantirish konsepsiyasini birgalikda muhokama qildilar

07.12.2017Iqtisodiyot

2017 yil 4 dekabrda ”Poytaxt” biznes markazida Fuqarolar uchun byudjet (Xalq byudjetini) tayyorlash va chop etish konsepsiyasini muhokama qilishga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbir BMT Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining “Oʻzbekistonda davlat moliyasini boshqarishni isloh qilishga koʻmaklashish” loyihasini amalga oshirish doirasida Moliya vazirligining Oʻquv markazi faol ishtirokida oʻtkazildi.

Xususiy bog‘chalarga bino – bepul, elektr energiyasi va tabiiy gaz – yarim narxida

27.12.2017Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 15 sentabrdagi “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim sohasida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslarga bir qator imkoniyatlar yaratildi.

2018-yilda ko‘p qavatli uylarning atrofini obodonlashtirish uchun 94,3 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi

26.12.2017Iqtisodiyot

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy veb-saytida xabar qilmoqda.

Markaziy bank: O‘zbekistonda 26 dekabrdan boshlab 1 AQSH dollari 8120,07 so‘mga teng

26.12.2017Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017-yil 26-dekabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi:

Murojaat, ijro, nazorat, natija

25.12.2017Iqtisodiyot

Bugun yurtimizda tadbirkorlar uchun yaratilgan keng imtiyoz va qulayliklar samarasi natijasida ushbu soha vakillarining yurtimiz iqtisodiyotidagi ulushi yanada ortib bormoqda. Biroq, ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanib, o‘z faoliyatini mavjud qonun talablari asosida rivojlantirish o‘rniga turli xil qonunbuzarlik yo‘llari bilan daromadini oshirishni ko‘zlovchi "tadbirkor"lar ham afsuski uchrab turadi.

Toshkentda O‘zbekiston-Turkiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

25.12.2017Iqtisodiyot

Turkiya Savdo palatalari va tovar birjalari uyushmasining prezidenti rahbarligida Turkiya Respublikasi ishbilarmon doiralari delegatsiyasining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida mamlakatimiz Savdo-sanoat palatasi tomonidan 25-dekabr kuni o‘zbek va turk kompaniyalari ishtirokida O‘zbekiston-Turkiya biznes-forumi tashkil etildi. Ushbu tadbir ishbilarmon hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek qo‘shma korxonalarni tashkil etish maqsadida chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun qo‘shimcha turtki vazifasini o‘tadi.