O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Endi xorijga milliy valyutada pul o‘tkazish mumkin

2018-01-09 | Iqtisodiyot

Bank tizimida xalqaro pul o‘tkazmalari uchun mablag‘lar mijozlardan milliy valyuta – so‘mda qabul qilinib, chet elga jo‘natilishi yo‘lga qo‘yildi. Yuborilgan pul mablag‘larini xorijda qabul qilib oluvchi fuqaro o‘sha davlat pul birligida, dollarda yoki yevroda olishi mumkin. Bunda xorijiy valyuta fuqaroning xohishiga ko‘ra tanlanadi.

“Qishloqqurilish bank”da faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yilida zamonaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish choralari ko‘rilmoqda. Bunda yangi xizmatlarni joriy etish orqali aholiga va mijozlarga qo‘shimcha qulaylik yaratish asosiy mezon bo‘lmoqda.

Bank filiallari orqali xorijda istiqomat qilayotgan, vaqtinchalik xizmat safarida yoki sayohatda bo‘lgan, o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan yaqin qarindoshlaringiz, tanishlaringiz va boshqa jismoniy shaxslar nomiga milliy valyutada pul mablag‘larini topshirgan holda chet el valyutasini jo‘natishingiz mumkin. 

Shuningdek, bank mijozlari o‘zlariga tegishli so‘m plastik kartochkalaridagi mablag‘lari hisobidan ham xorijga pul jo‘natmalarini amalga oshirishlari mumkin. Bu amaliyot sanoqli daqiqalar ichida, tezkor va sifatli bajariladi.

Поделиться