O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bozorlar obod bo‘ladi
2018-01-08 | Iqtisodiyot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 martdagi “2017-2019 yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Konimex tumanida ishlar aniq reja asosida yo‘lga qo‘yilmoqda.
017 yildan boshlab “Uchtepa” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi “Qizilqum dehqon bozori” IV tipdagi zamonaviy savdo majmuasi sifatida rekonstruksiya qilinmoqda hamda avtomobillarni saqlash joyi uchun yer maydoni ajratildi. Ayni paytda bu yerda “Impuls” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Mazkur obyektning dastlabki qiymati 1 milliard 807 million so‘mni tashkil etadi.
2018 yilda dastur doirasida, tumanning “Birlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Markaziy dehqon bozori”ning mazkur hududdagi “III tip Savdo majmuasi”ni yangidan bunyod etish rejalashtirilib, tuman hokimining yer ajratish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
B. Xalilov,
Navoiy tuman hokimligi bosh mutaxassisi.