O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sirdaryo viloyatidagi faoliyatsiz korxonalar tiklanmoqda

2018-01-08 | Iqtisodiyot

Avval ma'lum qilinganidek O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 fevralda qabul qilingan PQ-2796-sonli qaroriga muvofiq, joylarda Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimlarining birinchi o'rinbosarlari boshchiligida Idoralararo komissiyalar tuzilgan va ushbu komissiyaning ishchi organi sifatida Davlat raqobat qo'mitasi hududiy organlari biriktirilgan.

Sirdaryo viloyatida o'tkazilgan xatlov natijasida 237 ta avval xususiylashtirilgan va bugungi kunda bo'sh turgan ob'ektlar aniqlangan bo'lib ular qatorida Guliston shahridagi sobiq “Gazmol” MCHJ, “Ta'minot boshqarmasi”, “Guliston RSU”, “Zilola” AJ, “25-sonli avtobus saroyi”, Yangier shahridagi sobiq “Yangier mehmonxonasi”, Sirdaryo tumanidagi “Sirdaryo maktab va sport jihozlari zavodi” kabi yirik korxonalar mavjud.

Viloyatdagi bo'sh turgan ob'ektlarning 152 tasi negizida investitsiya loyihalari ishlab chiqilgan va ushbu loyihalar bo'sh turgan korxonalarni faoliyatini qayta tashkil qilishda turtki bo'lmoqda. Mazkur loyihalarni amalga oshirish doirasida 85,7 mlrd. so'mlik investitsiyalar o'zlashtirilishi va 1 428 ta yangi ish o'rinlari yaratilishi ko'zlangan.

Bugungi kunga qadar viloyatdagi 4 ta korxona faoliyati qayta tiklanib, 350 ta qo'shimcha ishchi o'rinlari barpo etildi. Mazkur korxonalarni ishga tushirish uchun 31,6 mlrd. so'mlik sarmoyalar kiritildi.

Jumladan, Guliston shahrida “Sirdaryo lyuks mebel servis” MCHJ, “Rekord tekstil” MCHJ, Oqoltin tumanida “Global textile life” MCHJ, Sirdaryo tumanida “Fayz” MCHJ tomonidan avval xususiylashtirilgan va bugungi kunda foydalanilmasdan turgan bino-inshootlari negizida zamonaviy xizmat ko'rsatish va ishlab chiqarish ob'ektlari ishga tushdi.

Masalan, Sirdaryo tumanida “Fayz” MCHJ QQ tomonidan bo'sh turgan sobiq “Sirdaryo maktab va sport jihozlari zavodi” negizida 19,0 mlrd so'm sarmoya evaziga g'o'za poyasini qayta ishlash orqali DSP ishlab chiqarishni yo'lga qo'yilgan va 140 ta yangi ish o'rinlari yaratilgan.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil

23 fevraldagi PQ-2796-sonli qaroriga muvofiq, qurilishi tugallanmagan ob'ektlar va bo'sh turgan ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanishni ta'minlamagan, shuningdek investitsiya loyihalarini o'z muddatida amalga oshirmagan mulkdorlarga nisbatan ta'sir choralari qo'llanadi.

Shuningdek, Prezidentimizning joriy yil 18 apreldagi 5016-sonli Farmoniga asosan, Davlat raqobat qo'mitasiga davlat organlari va boshqa idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish vakolati berilgan bo'lib, investitsiya loyihalarini amalga oshirish istagida bo'lgan avval xususiylashtirilgan ob'ektlarning mulkdorlari duch kelgan to'siq yoki muammolar yuzasidan (8-371) 259-20-23, 259-20-53, 259-21-26, 259-22-07, telefon raqamlariga murojaat qilishi mumkin.

Поделиться