O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Iqtisodiyot

Oʻzbekiston-Xitoy biznesi hamda taʼlim muassasalari vakillarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi

25.03.2019Iqtisodiyot

20-mart kuni Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi binosida Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazi Oʻzbek-Xitoy savdo assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston-Xitoy biznesi hamda taʼlim muassasalari vakillarining uchrashuvi tashkil etildi.

Moliya vazirligida davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi

19.03.2019Iqtisodiyot

Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish sohasida xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik oʻrnatish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

Davlat xaridlari sohasidagi bir qator qonunosti hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

25.03.2019Iqtisodiyot

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan davlat xaridlari sohasidagi bir qator qonunosti hujjatlarning loyihalari ishlab chiqilib, ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritildi. Quyidagi havolalar orqali kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan tanishishingiz mumkin.

OPEK Xalqaro rivojlanish fondining imtiyozli krediti hisobiga Namangan viloyatida loyiha amalga oshiriladi

25.03.2019Iqtisodiyot

2019-yilning 22-mart kuni Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK) qoshidagi Xalqaro rivojlanish fondi (OFID) Boshqaruvchilar kengashi tomonidan Yangiqoʻrgʻon tumanining 22 ta aholi punktlari va qisman Namangan shahrini ichimlik suvi bilan taʼminlashga qaratilgan umumiy qiymati 54 mln. AQSh dollariga teng boʻlgan loyihaning tasdiqlangani toʻgʻrisida Oʻzbekistonning Avstriyadagi Elchixonasi xabardor qilindi.

Koreya delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi

20.03.2019Iqtisodiyot

Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatida Koreya delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Tadbirga Moliya vaziri oʻrinbosari Yo. Tursunov, Pensiya va ijtimoiy jamgʻarmalar xalqaro assotsiatsiyasi direktori oʻrinbosari E. Kuanoʻshev, Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmati boʻlim boshligʻi Djoun Il Xo boshchiligidagi Koreya delegatsiyasi, shuningdek, Pensiya jamgʻarmasi va Moliya vazirligi masʼul xodimlari ishtirok etishdi.

Toshkentda xalqaro hamkorlik ta’lim dasturi (PEMPAL) muhokamasi boshlandi

19.03.2019Iqtisodiyot

– Ishchi guruhimiz davlat budjetini boshqarish, uni shaffofligini ta’minlash va bu jarayonda aholi ishtirokini ko‘rib chiqmoqda, – deydi Budjet hamjamiyatining ijro qo‘mitasi raisi Anna Belenchuk. – Bu borada qator mamlakatlarning amaliyoti muhokama qilinmoqda. Ayni yo‘nalishda yurtingizda amalga oshirilayotgan, o‘ziga xos yondashuvni o‘rganish juda qiziq. Bu yig‘ilish o‘ziga xos tajriba o‘rganish va fikr almashishda qo‘l keladi. 

Turkiya ishbilarmonlari Namanganda

19.03.2019Iqtisodiyot

Turkiyaning “Kanimed Alles Saglik Cozumleri A.S” kompaniyasi bosh direktori Filiz Erdoʻgʻon boshchiligidagi delegatsiya tashrif bilan Namangan viloyatiga keldi.

Vashington shahrida savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

19.03.2019Iqtisodiyot

2019-yilning 13-mart kuni Vashington shahrida AQSh biznes hamjamiyati vakillari uchun brifing boʻlib oʻtdi. Unda kompaniyalar, nohukumat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, AQSh Savdo vazirligi, Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki xodimlari ishtirok etdi.

Buxoroda meva-sabzavot mahsulotlari eksportida joriy etilgan yangi tartiblar doirasida sayyor uchrashuvlar tashkil etildi

18.03.2019Iqtisodiyot

Bojxona organlari bugun nafaqat yurtimiz chegara bojxona postlari orqali mamlakatimizga kirib kelayotgan va chiqib ketayotgan tovarlar nazoratini amalga oshiradi, shu bilan birgalikda eksport salmogʻini yuksaltirish maqsadida tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam ham berib keladi.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti eksportni rivojlantirish loyihasini amalga oshiradi

17.03.2019Iqtisodiyot

13-mart kuni Toshkentda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tomonidan “Ozarbayjon, Tojikiston va Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining ayrim turlarini eksport qilishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy strategiyalarni ishlab chiqishda koʻmaklashish” yangi mintaqaviy loyihasi taqdim etildi. Oʻzbekistonda loyiha Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Vazir o‘rinbosari Jahon savdo tashkilotining mas'ul vakilini qabul qildi

15.03.2019Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining o‘rinbosari S.Saifnazarov mamlakatimizni Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo‘lish bo‘yicha Ishchi guruhining Raisi Ji-ah Paikni qabul qildi. 

Jizzax viloyatiga Jahon banki ekspertlari tashrif buyurdi

15.03.2019Iqtisodiyot

Jizzax viloyatiga Jahon Bankining ijtimoiy rivojlanish boʻyicha katta mutaxassisi Tarra Sharafuddin, qishloq xoʻjaligi mablagʻlari va moliyaviy inklyuziv holati boʻyicha mutaxassis Sonali Choutxari, mablagʻlarni sarflanishi boʻyicha maslahatchi Andjani Kumarlar tashrif buyurdi.

Malayziya keramika buyumlari ishlab chiqaruvchilari bilan uchrashuv

15.03.2019Iqtisodiyot

2019-yilning 15-mart kuni Oʻzbekistonning Malayziyadagi Elchixonasi tomonidan “Clay Industries Sdn. Bhd.” kompaniyasining bosh menejeri Hechti Ong bilan muzokaralar oʻtkazildi va sanitar-keramika buyumlari va yuqori sifatli chinni idishlarini ishlab chiqarish sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

PEFA: O‘zbekiston barqaror va samarador davlat budjetiga ega

15.03.2019Iqtisodiyot

Toshkentda 14 mart kuni Jahon banki va Yevropa Ittifoqi ko‘magida olib borilgan O‘zbekistonda davlat xarajatlari va moliyaviy hisobdorlik (PEFA)ni baholash natijalari taqdimoti o‘tkazildi.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston tadbirkorlarining biznes uchrashuv boʻlib oʻtdi

15.03.2019Iqtisodiyot

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida savdo iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida 2019-yil 13-mart kuni Qozogʻiston va Oʻzbekiston tadbirkorlarining qurilish va oziq-ovqat mahsulotlari, un-don mahsulotlari, dori vositalari va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish va oʻzaro savdoni tashkil etish boʻyicha biznes uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Jahon banki va Evropa ittifoqi O’zbekistonda davlat mablag’larini boshqarish sohasidagi islohotlarni qo’llab-quvvatlaydi

15.03.2019Iqtisodiyot

Jahon banki va Evropa Ittifoqi ko’magida olib borilgan O’zbekistonda Davlat xarajatlari va moliyaviy hisobdorlik (PEFA) ni baholash natijalarining taqdimoti bo’lib o’tdi. 

Temiryoʻlchilar xalqaro konferensiyada

15.03.2019Iqtisodiyot

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati delegatsiyasi Eron Islom Respublikasi poytaxti Texron shahrida boʻlib oʻtgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotning dengiz boʻyi davlatlari vakillarining 5-yigʻilishida ishtirok etdi.

Oʻzbekiston – Qozogʻiston biznes-forumi

14.03.2019Iqtisodiyot

Poytaxtimizda 13-mart kuni Oʻzbekiston – Qozogʻiston tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum boʻlib oʻtdi.