O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Koreya delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi
2019-03-20 | Iqtisodiyot
Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi apparatida Koreya delegatsiyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Tadbirga Moliya vaziri oʻrinbosari Yo. Tursunov, Pensiya va ijtimoiy jamgʻarmalar xalqaro assotsiatsiyasi direktori oʻrinbosari E. Kuanoʻshev, Koreya Respublikasi Milliy pensiya xizmati boʻlim boshligʻi Djoun Il Xo boshchiligidagi Koreya delegatsiyasi, shuningdek, Pensiya jamgʻarmasi va Moliya vazirligi masʼul xodimlari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda mamlakatimizning pensiya tizimida informatsion texnologiyalarning oʻrni, pensiya tayinlash jarayonini optimallashtirish boʻyicha olib borilayotgan va rejalashtirilgan ishlarga toʻxtalib oʻtildi. Shuningdek, Pensiya taʼminoti tizimi isloh qilish Kontseptsiyasi loyihasida nazarda tutilgan bandlar ham muhokama qilindi. Tomonlar kelajakda ham birga ishlash boʻyicha oʻzaro kelishib olindi.