O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston-Xitoy biznesi hamda taʼlim muassasalari vakillarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi
2019-03-25 | Iqtisodiyot
20-mart kuni Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi binosida Tadbirkorlik faoliyati asoslarini oʻqitish respublika markazi Oʻzbek-Xitoy savdo assotsiatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston-Xitoy biznesi hamda taʼlim muassasalari vakillarining uchrashuvi tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi elchixonasi, shuningdek, Oʻzbek-Xitoy savdo assotsiatsiyasi, Oʻzbek-Xitoy taʼlim va tadqiqot markazi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi, “Euroasia Insurance” Oʻzbekiston-Shveysariya sugʻurta kompaniyasi, Oʻzbekiston qandolatchilar uyushmasi vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida Oʻzbek-Xitoy savdo assotsiatsiyasi faoliyati haqida taqdimot, biznes-taʼlim va tijorat sohasida Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etildi.
Shuningdek, tadbirda Oʻzbek-Xitoy savdo assotsiatsiyasi va qator tashkilotlar bilan hamkorlik toʻgʻrisida ikki tomonlama memorandumlar imzolandi. Bular Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi, “Euroasia Insurance” sugʻurta kompaniyasi, Oʻzbekiston qandolatchilar uyushmasi.
Tadbir yakunida, joriy yilning fevral-mart oylari mobaynida oʻtkazib kelingan “Mutaxassislar uchun xitoy tili asoslari” kursi tinglovchilari uchun elchixona tomonidan ochiq dars oʻtkazildi va kursni muvaffaqiyatli tamomlagan tamomlagan tinglovchilariga sertifikat topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.