O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jizzax viloyatiga Jahon banki ekspertlari tashrif buyurdi

2019-03-15 | Iqtisodiyot

Jizzax viloyatiga Jahon Bankining ijtimoiy rivojlanish boʻyicha katta mutaxassisi Tarra Sharafuddin, qishloq xoʻjaligi mablagʻlari va moliyaviy inklyuziv holati boʻyicha mutaxassis Sonali Choutxari, mablagʻlarni sarflanishi boʻyicha maslahatchi Andjani Kumarlar tashrif buyurdi.

Ekspertlarni tashrifidan maqsad “Qishloq ayollarning iqtisodiy holatini oʻzgartirish” loyihasi boʻyicha boʻldi.

Dastlab, ekspertlarni viloyat hokimligida viloyat hokimi Ergash Saliyev bilan uchrashuvi oʻtkazildi.

Uchrashuvda mehmonlar viloyatga tashrifdan asosiy maqsadlari xususida aytib oʻtishdi.

Oʻz navbatida viloyat hokimi E.Saliyev ham Jahon Bankining ijtimoiy rivojlanish boʻyicha mutaxassislariga barcha yordamda tayyorligini bildirib oʻtdi.

Shundan soʻng, Tarra Sharafuddin Jizzax shahrida va Gʻallaorol tumanidagi tadbirda, tadbirkorlikni ochmoqchi boʻlgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning samarali ish yuritishlari uchun boʻyicha maʼlumotlar berdi.

Delegatsiya Gʻallaorol tumanida yashovchi hunarmand Astanaqulova Gavharning uyidagi hunarmandchilik mahsulotlari bilan tanishishdi.

Поделиться