O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buxoroda meva-sabzavot mahsulotlari eksportida joriy etilgan yangi tartiblar doirasida sayyor uchrashuvlar tashkil etildi

2019-03-18 | Iqtisodiyot

Bojxona organlari bugun nafaqat yurtimiz chegara bojxona postlari orqali mamlakatimizga kirib kelayotgan va chiqib ketayotgan tovarlar nazoratini amalga oshiradi, shu bilan birgalikda eksport salmogʻini yuksaltirish maqsadida tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam ham berib keladi.

Soʻzimizning isboti sifatida, birgina Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining faoliyatiga nazar tashlaydigan boʻlsak, bu yerda eksportyorlar bilan bevosita muloqot yoʻlga qoʻyilganligining guvohi boʻlishimiz mumkin. Yaqinda ham bojxona boshqarmasi mutasaddilari viloyat hududida faoliyat koʻrsatuvchi eksportyor korxonalarga tashrif buyurishdi.

Boʻlib oʻtgan sayyor uchrashuv davomida tadbirkorlarga bojxona organlarida eksport salmogʻini oshirish maqsadida joriy etilgan yangi tartib-qoidalar batafsil tushuntirib oʻtildi. Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish joizki, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 23 fevraldagi “Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomiga koʻra, tadbirkorlarga bir qancha qulayliklar taqdim etildi. Yaʼni, meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi yuridik shaxslar dastlabki toʻlovsiz, akreditiv ochmasdan hamda bank kafolatini rasmiylashtirmasdan turib eksport qilish imkoniga ega boʻlishdi.

Shunisi eʼtiborliki, bugun meva-sabzavot mahsulotlarining yetishtirilishida xorijiy texnologiyalardan keng foydalanilishi natijasida, ham vaqt, ham qoʻshimcha mablagʻ tejalishiga erishilmoqda. Shu kuni boʻlib oʻtgan sayyor tashrifda ham bojxonachilar issiqxonada yaratilgan 3 qavatli himoya tizimidan tortib, tomchilatib sugʻorish tizimigacha tanishildi va tadbirkorning eksport va xorijdan qoʻshimcha texnika olib keltirish borasidagi savollariga batafsil javoblar qaytarishdi.

Поделиться