O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Malayziya keramika buyumlari ishlab chiqaruvchilari bilan uchrashuv
2019-03-15 | Iqtisodiyot
2019-yilning 15-mart kuni Oʻzbekistonning Malayziyadagi Elchixonasi tomonidan “Clay Industries Sdn. Bhd.” kompaniyasining bosh menejeri Hechti Ong bilan muzokaralar oʻtkazildi va sanitar-keramika buyumlari va yuqori sifatli chinni idishlarini ishlab chiqarish sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.
1920-yilda asos solingan “Clay Industries Sdn. Bhd.” kompaniyasi sanitar-keramika buyumlari, cherepitsa va chinni idishlarni ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. Kompaniyaning ishlab chiqarish quvvatlari Malayziya va Buyuk Britaniyada joylashgan. Kompaniya oʻz mahsulotlarini Yevropa va Janubi-Sharqiy Osiyodagi barcha mamlakatlarga eksport qiladi.
Uchrashuvda Malayziya kompaniyasining mamlakatimizdagi ixtisoslashtirilgan koʻrgazma va yarmarkalarda oʻz mahsulotlari bilan ishtirok etishi, shuningdek, bozorning marketing tadqiqotiga asoslangan holda respublikada eksportga yoʻnaltirilgan sanitariya-keramika buyumlari va idishlarni ishlab chiqarishni tashkillashtirish imkoniyatlarini koʻrib chiqish boʻyicha kelishuvga erishildi.