O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

OPEK Xalqaro rivojlanish fondining imtiyozli krediti hisobiga Namangan viloyatida loyiha amalga oshiriladi

2019-03-25 | Iqtisodiyot

2019-yilning 22-mart kuni Neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti (OPEK) qoshidagi Xalqaro rivojlanish fondi (OFID) Boshqaruvchilar kengashi tomonidan Yangiqoʻrgʻon tumanining 22 ta aholi punktlari va qisman Namangan shahrini ichimlik suvi bilan taʼminlashga qaratilgan umumiy qiymati 54 mln. AQSh dollariga teng boʻlgan loyihaning tasdiqlangani toʻgʻrisida Oʻzbekistonning Avstriyadagi Elchixonasi xabardor qilindi.

Loyihaning 2020-2025-yillarda amalga oshirilishi moʻljallangan. Natijada Namangan viloyatining 200 mingdan ortiq asosan qishloq joylarida yashovchi aholisi toza ichimlik suvi bilan taʼminlanadi.

OPEK OFIDning krediti besh yillik imtiyozli muddat bilan 20 yilga beriladi.

Поделиться