O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston va Qozogʻiston tadbirkorlarining biznes uchrashuv boʻlib oʻtdi

2019-03-15 | Iqtisodiyot

Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida savdo iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida 2019-yil 13-mart kuni Qozogʻiston va Oʻzbekiston tadbirkorlarining qurilish va oziq-ovqat mahsulotlari, un-don mahsulotlari, dori vositalari va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish va oʻzaro savdoni tashkil etish boʻyicha biznes uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Ushbu biznes forumda 40 dan ortiq Qozogʻiston kompaniyalari hamda respublikamizning 150 ga yaqin kompaniyalari ishtirok etdilar.

Forum davomida Qozogʻistondan tashrif buyurgan ishbilarmonlar Oʻzbekistonda yaratilgan investitsion muhit, iqtisodiyotni liberallashtirish, tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari ishtirokidagi “V2V” uchrashuvida Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari, jumladan, ikki mamlakat korxonalarining hamkorlik aloqalarini yanada jadallashtirish boʻyicha oʻzaro fikr almashildi.

Taʼkidlash joizki, 2018-yilgi oʻzaro tovar aylanmasining hajmi 3 022,4 mln. AQSH dollarini tashkil etdi (+47%), ulardan 1 457,7 mln.doll. AQSH dollari eksport (+37,8%), 1 564,7 mln. AQSH dollari importga toʻgʻri keladi (+56,8%).

Asosiy eksport mahsuloti tabiiy gaz, meva va sabzavotlar, xizmatlar va plastmassalar va ulardan mahsulotlar hisoblanadi. Qolgan eksport hajmi toʻqimachilik mahsulotlari, metallar, oʻgʻitlar va boshqalarni tashkil etdi.

Import: qora metall, bugʻdoy va bugʻdoy uni, neft va neft mahsulotlari, ohak va sement, aychichek urugʻi, alyuminiy, paxta va soya yogʻi, sabzavotlar va boshqalar.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda Qozogʻiston sarmoyasi ishtirokida 336 ta qoʻshma korxona faoliyat yuritmoqda. 287 qoʻshma korxona va Qozogʻistonning 16 ta kompaniyasining vakolatxonalari akkreditatsiyadan oʻtgan.

Mazkur korxonalarning asosiy faoliyat yoʻnalishlari savdo operatsiyalari, transport-logistika va boshqa xizmatlar koʻrsatish, qurilish materiallari va xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqarishdan iboratdir.

Oʻz navbatida, Qozogʻistonda, Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari ishtirokida 199 ta korxonalar (qoʻshma korxonalar, savdo uylari va filiallar) tashkil etilgan.

Поделиться