O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Neft va gaz qazib olishga o‘zbek olimlari munosib hissa qo‘shmoqda

2017-11-24 | Jamiyat

Toshkentda «Neft va gaz konlarini o‘zlashtirishning innovatsion texnologiyalari» mavzuida respublika ilmiy-texnika konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

«O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati tomonidan «O‘zneftgazqazibchiqarish», «O‘zLITIneftgaz» aksiyadorlik jamiyatlari bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan anjumanda tarmoq korxonalari, «Lukoyl O‘zbekiston Opereyting Kompani», «Gazprom EP Interneshnl B.M.» kompaniyalari mas’ullari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, ilmiy-tadqiqot, loyihalashtirish institutlari va oliy o‘quv yurtlari olim va mutaxassislari ishtirok etmoqda. 

Mamlakatimiz neft-gaz sanoati milliy iqtisodiyotning lokomotivlaridan biri bo‘lib kelmoqda. Neft-gaz tarmog‘i ko‘plab sanoat tarmoqlari, xususan, avtomobilsozlik, elektrotexnika singari sohalarning jadal rivojlanishiga muhim hissa qo‘shmoqda. 

Hozirgi vaqtda yurtimizda 250 ga yaqin uglevodorod koni bo‘lib, ularning yarmidan ko‘pi istiqlol yillarida ochilgan. Shu bilan birga mutaxassislarning fikricha, qazib chiqarish murakkab bo‘lgan qatlamlarda katta miqdordagi neft va gaz zaxiralari mavjud. Bu esa mazkur zaxiralarni chiqarib olishga tayyorlash uchun mamlakatimiz va xorijda ishlab chiqarilgan ilg‘or texnologiyalardan foydalanishni talab etadi. Shu nuqtai nazardan mamlakatimiz olimlarining bu yo‘nalishda olib borayotgan ilmiy izlanishlarini amaliyotga faol tatbiq etish neft va gaz konlarining resurslaridan samarali foydalanish bilan bir qatorda mahalliy ilmiy jamoatchilikning ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorligini kengaytirish imkonini beradi. 

Tadbirning «O‘zlitineftgaz» aksiyadorlik jamiyatida o‘tkazilishi olimlar va ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur muassasada qirqqa yaqin mualliflik huquqini beruvchi guvohnoma va patentlar olingani jamiyatning ilmiy imkoniyatlari oshib borayotganini ko‘rsatadi. 

Anjumanda olim va mutaxassislar tomonidan 70 ma’ruza taqdim etiladi. Shundan 41 ma’ruza beshta sho‘bada tinglanib, olimlar va ishlab chiqaruvchilar tomonidan muhokama etiladi, 29 ma’ruza esa stendlarda namoyish qilinadi. Ma’ruzalar zamonaviy innovatsion yondashuvlar qo‘llanilishini hisobga olgan holda neft va gaz konlarini foydalanishga tayyorlash, neft va gazga boy qatlamlarni izlash va modellashtirish, quduqlarni burg‘ilash va o‘zlashtirish, neft va gaz konlaridan foydalanish, ekologiya me’yorlariga qat’iy amal qilish singari masalalarga bag‘ishlangan. 

Bayon qilingan g‘oya va ratsionalizatorlik takliflarining amaliyotda qo‘llanilishi neft va gazni qayta ishlash va neftgaz kimyosi korxonalarining barqaror faoliyat ko‘rsatib, pirovardida ichki va tashqi bozorlarda xaridorgir bo‘lgan qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi.

 

Behzod Bozorov, O‘zA

Поделиться