O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatildi
2017-11-21 | Jamiyat
Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan brifingda ana shular haqida ma’lumot berildi. Brifing Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov jaryoni to‘g‘risida saylovchilarni xabardor etish maqsadida tashkil etildi.
Joriy yil 24-dekabr kuni Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov bo‘lib o‘tadi. Mazkur saylov kampaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2017-yil 15-sentabrdagi qarori bilan 23-sentabrdan boshlandi. Ushbu siyosiy jarayon O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Toshkent shahrida xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Toshkent shahrida xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar dasturi” asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan brifingda ana shular haqida ma’lumot berildi. Brifing Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov jaryoni to‘g‘risida saylovchilarni xabardor etish maqsadida tashkil etildi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi shahar saylov komissiyasi raisi Hamid Karimovning so‘zlariga ko‘ra, hozir saylov kampaniyasi qizg‘in pallaga kirgan. Dasturga muvofiq, Toshkent shahrida tashkil etilgan tegishli tuman saylov komissiyalari 19-noyabrga qadar deputatlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish bo‘yicha o‘z yig‘ilishlarini o‘tkazdi. Ro‘yxatga olinganlik to‘g‘risidagi xabar yaqin kunlarda mahalliy matbuotda e’lon qilinadi.
Deputatlikka nomzodlarning saylovoldi tashviqoti ular ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran boshlanadi. Markaziy saylov komissiyasining 2017-yil 16-noyabrdagi “Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlari deputatligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqoti to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Toshkent shahar xalq deputatlari tuman Kengashlariga saylov kampaniyasi davrida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Toshkent” telekanali orqali saylovoldi tashviqotini olib borishda nomzodlarning bepul efirga chiqishiga oid haftalik jadval, “Toshkent oqshomi” – “Vecherniy Tashkent” gazetalarida siyosiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari uchun bepul bosma maydon ajratish, chiqishlarini chop etish jadvali tasdiqlandi.
Saylovda qatnashayotgan barcha siyosiy partiyalar va o‘zini o‘zi boshqarish organlari Toshkent shahrining 11 tumanida tashkil etilgan jami 330 ta saylov okrugiga bittadan nomzod ko‘rsatdi.
Saylov qonunchiligi talablaridan kelib chiqib, siyosiy partiyalardan ko‘rsatilgan deputatlikka nomzodlar umumiy sonining 30 foizidan ortig‘ini xotin-qizlar tashkil etdi.