O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar ko‘rik-tanlovining Andijon viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi
2017-11-24 | Jamiyat
Ushbu tanlov qizlarning salohiyatini to‘laqonli yuzaga chiqarish, ularda intilish va tashabbuskorlikni, o‘ziga ishonch, Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Mukofot ta’sis etilgandan buyon 18 nafar andijonlik iqtidorli qiz taqdirlangan.
Joriy yilda tanlovning ta’lim muassasalari hamda tuman va shahar bosqichlarida 5 mingdan ziyod qiz qatnashgan bo‘lsa, viloyat bosqichida adabiyot, san’at, fan, ta’lim va madaniyat yo‘nalishlarida 200 ga yaqin ishtirokchi iste’dod va mahoratini namoyish etdi.
Yo‘nalishlar bo‘yicha eng yaxshi natijaga erishgan 23 ishtirokchi tanlovning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.
Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA