O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xalqaro seminar haqida
2017-11-22 | Jamiyat
Bosh prokuraturaning Oliy o‘quv kurslarida Nagoya universitetining (Yaponiya) Toshkentdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Ma’muriy va jinoyat protsessi: Yaponiya tajribasi” mavzusida xalqaro seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida xorijiy ekspertlar, shu jumladan Nagoya universiteti professori Ichixashi Katsuya, Ryukoku Universiteti (Yaponiya) professori Xonda Takio, Tayvan milliy universiteti (Xitoy) professori Shin Min Chen, Yaponiya Adliya vazirligi tadqiqotchilari Masaxiko Kimura va Ivai Tomoyukilar tomonidan taqdimotlar o‘tkazildi.
Shu bilan birga, Yaponiyada ma’muriy sudlov amaliyoti, prokuratura organlari tizimi va dastlabki tergovning ayrim xususiyatlari muhokama etildi.
Xorijiy ekspertlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan mamlakatda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlari yuqori baholandi.
Seminar ishtirokchilari o‘z fikrlari va takliflarini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.