O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jizzaxda Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi

2017-11-22 | Jamiyat

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti chuqurlashtirib o‘qitiladigan maktab-internatida tashkil etilgan tadbirda 100 nafar iste’dodli qiz adabiyot, san’at, fan, ta’lim va madaniyat yo‘nalishlarida bilimi va salohiyatini namoyish etdi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy yilda Jizzax shahrida Hamid Olimjon va Zulfiya haykali o‘rnatilib, xalqimizning ikki buyuk shoiri xotirasiga ijodkorlar bog‘i, maktab-internat barpo etilishi yoshlarning shoira ijodiga qiziqishini yanada oshirish, uning izdoshlari ko‘payishiga xizmat qilayotir. 

Tanlov avvalida ishtirokchilar adabiyotimizning ulkan namoyandalari Hamid Olimjon va Zulfiya haykali poyiga gul qo‘ydi. Shoirlar nomi bilan ataluvchi muzeyda bo‘lib, adabiyotimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan ijodkorlar hayoti va faoliyati bilan tanishdi. 

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgandan buyon viloyatda bu yuksak unvonga sazovor bo‘lgan 17 qizning aksariyati bugungi kunda ilm-fan, madaniyat, adabiyot, san’at sohalarida samarali faoliyat yuritmoqda. 

– Zulfiya mukofotini olish jizzaxlik qizlar uchun alohida sharafga aylandi, – deydi Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi G.To‘rayeva. – Mukofotga talabgor qizlarimiz safi kengayishi bilan ularning bilim va iste’dodini baholash talablari ham oshib bormoqda. 

Ishtirokchilar adabiyot, san’at, fan, ta’lim, madaniyat yo‘nalishlari bo‘yicha bilimini, milliy qadriyatlarimiz, Vatanimiz tarixi, jahon madaniyati merosi haqidagi tushunchalari keng ekanini namoyish etdi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar mohiyatini teran anglashi hamda uni o‘z faoliyatiga tatbiq qilishga astoydil intilishi hay’at a’zolari tomonidan xolisona baholandi. 

Har bir yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshi natijaga erishgan ishtirokchi tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etadi. 

 
Toshqul Beknazarov, O‘zA 

Поделиться