O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Profilaktika inspektorlari qasamyod qildi

2017-11-24 | Jamiyat

Gulistonda Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlari o‘zlari xizmat qilayotgan hududda osoyishtalikni ta’minlash va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish uchun tantanali qasamyod qabul qildi.

Viloyatda 195 nafar profilaktika inspektori faoliyat ko‘rsatmoqda. Ular tomonidan hududda osoyishtalikni ta’minlash, turli noxush holatlarning oldini olish borasida izchil ishlar olib borilmoqda.
 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, senatorlar, turli vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, yoshlar, profilaktika inspektorlarining oila a’zolari ishtirok etgan tadbirda 60 nafar profilaktika inspektoriga zamonaviy xizmat uyi va imtiyozli kredit asosida xarid qilingan yangi avtomashinalar kaliti tantanali ravishda topshirildi.
 
Sirdaryo viloyati hokimi G‘.Mirzayev va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida huquq-tartibot idoralari faoliyatini tubdan takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xodimlarning samarali ishlashi uchun ularning turmush sharoitini yaxshilash, ish samaradorligini yanada oshirishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi.
 
– Davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan alohida e’tibor va g‘amxo‘rlik tufayli bizga xizmat hududimizdan barcha qulayliklarga ega uy-joy hamda imtiyozli kredit asosida mashinalar berildi, – deydi Sardoba tumani Fayzliobod mahallasi profilaktika inspektori, katta leytenant J.Xolboyev. – Bu zimmamizdagi mas’uliyatni yanada oshiradi, el-yurt tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida mehnat qilishga undaydi. Bugun biz o‘z vazifamizni sidqidildan bajarishga qasamyod qildik. Xalqimiz va Prezidentimiz ishonchini oqlash yo‘lida bor bilim va salohiyatimizni ishga solamiz.
 
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.Murodov, Oliy Majlis Senati raisining o‘rinbosari S.Ortiqova, ichki ishlar vaziri P.Bobojonov ishtirok etdi. 
 

 

Abdujalol Qayumov, Furqat Toshmatov (surat), O‘zA

Поделиться