O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Koreya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2017-11-22 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslarida Koreya qonunchilik tadqiqoti instituti va Koreya Respublikasi Qonunchilik vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Koreya Respublikasi delegatsiya tarkibida Koreya qonunchilik tadqiqoti instituti Prezidenti Li Ik Xen, o‘rinbosari Che Xvang Yong, Koreya Qonunchilik vazirligining iqtisodiy masalalar bo‘yicha departamenti boshlig‘i Kim Suik ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida Koreya tomoniga Bosh prokuraturaning Oliy o‘quv kurslari faoliyati haqida ma’lumot berildi, shu jumladan, prokuratura organlari xodimlari malakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlashni tashkil etishning zamonaviy usullari taqdimoti o‘tkazildi, shuningdek ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, koreyalik vakillar tomonidan Koreya qonunchilik tadqiqoti instituti hamda Koreya Qonunchilik vazirligining faoliyati to‘g‘risidagi materiallar taqdimoti o‘tkazildi.

Mehmonlar O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, samarali va o‘zaro foydali hamkorlikni yanada kuchaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari hamda Koreya qonunchilik tadqiqoti instituti o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Поделиться