O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yangi yilda yangi xonadon

2018-01-15 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimizni 2018-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Murojaatnomalarida yurtimizning mudofaa qobiliyatini kuchaytirish, Qurolli Kuchlarimiz salohiyatini oshirish bilan bog‘liq vazifalar ko‘rsatib berildi.

Unda, ta’kidlanganidek, “O‘tgan qisqa davrda milliy armiyamizni isloh qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar qabul qilinib, Qurolli Kuchlarimiz qiyofasini tubdan o‘zgartirish jarayoni boshlandi”. Ushbu hujjatda muhtaram YUrtboshimiz harbiy xizmatchilar va ularning oilalarini ijtimoiy himoya qilish bilan bog‘liq qimmatli ma’lumotlarni ham keltirib o‘tdilar. Jumladan, “... harbiy xizmatchilar, ularning oilalari va faxriylarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda gapirganda, 2017-yilda harbiy xizmatchilar uchun 56 ta ko‘pqavatli uy barpo etilganini va bu ishlar kelgusi yilda yanada katta hajmda davom ettirilishini ta’kidlash joiz”.

Ayni shu maqsadda 2018-yilning 13-yanvar kuni poytaxtimizning Yunusobod tumani, Qoraqamish ko‘chasida mana shunday shodiyona bayram O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 15 nafar harbiy xizmatchilari uchun muhim sana sifatida tarixga muhrlandi.

Tadbirni Favqulodda vaziyatlar vaziri R.Djuraev ochib berdi va barcha harbiy xizmatchilarni bayram bilan tabrikladi. Shundan so‘ng, xonadonlarning kalitlari o‘z egalariga topshirildi.

Vazir R.Djuraev yangi barpo etilgan xonadonlarda yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi. Shu bilan birga harbiy xizmatchilarning oila-a’zolari bilan samimiy suhbat olib bordi.

Shuningdek, xizmat vaqtida halok bo‘lgan mayor I.Isroilovning oilasiga ham yangi xonadonning kaliti tantanali ravishda topshirildi. Vazir R.Djuraev xonadon sohiblarini samimiy qutlash chog‘ida, bugungi kunda hukumatimiz tomonidan sohaga qaratilayotgan yuksak e’tibor, yaratilayotgan shart-sharoitlar xususida alohida to‘xtalib o‘tdi.

O‘z o‘rnida ta’kidlash kerakki, yurtimiz tinchligi, xalqimiz xotirjamligini ta’minlashda Favqulodda vaziyatlar vazirligi mamlakatimiz aholisi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishda bor kuch-imkoniyatlarini safarbar etib kelmoqda.

Bu jarayonda, albatta, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yurtimizda favqulodda vaziyatlarning oldini olish tizimi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligini tubdan takomillashtirishga oid qabul qilingan Farmon hamda qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bu boradagi qator qarorlarini o‘ziga xos tarixiy sahifalardan biri sifatida baholash mumkin.

Mazkur islohotlar sababli bugun qutqaruv tuzilmalarining safi, faoliyat ko‘lami yanada kengayib, qutqaruvchilarimiz tobora xalq ishonchini qozonib kelmoqdalar.

Yangi 2018-yil – “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” boshida o‘tkazilayotgan ushbu tantanali tadbirimiz, umid qilamizki, vazirligimiz tizimi xodimlarining ona vatanga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirib, el-yurt manfaatlari yo‘lida xotirjam xizmat olib borishlarida munosib rag‘bat bo‘ladi.

Поделиться