O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Ombudsmani: Mahkumlar va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan shaxslardan tushayotgan murojaatlar soni oshib borayotgani Ombudsmanning mazkur yo‘nalishdagi faoliyati muhimligidan dalolat beradi

2018-01-16 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) 2017 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent va Navoiy viloyatlaridagi oltita jazoni ijro etish muassasasida mahkumlar hamda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan shaxslarning huquqlarini ta’minlash bo‘yicha kompleks nazorat olib bordi.

800 dan ortiq mahkumlar bilan uchrashuv va suhbatlar o‘tkazildi. Ularning shart-sharoitlari, tibbiy xizmatdan qanday foydalanayotgani, muassasalarda mehnatni tashkil qilish, umumiy ta’lim, tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligi o‘rganildi. 

Mahkumlar va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan shaxslardan tushayotgan murojaatlar soni oshib borayotgani Ombudsmanning mazkur yo‘nalishdagi faoliyati muhimligidan dalolat beradi. Misol uchun, 2015 yilda bunday murojaatlar soni 147 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2016 yilda 211 tani tashkil etdi. 2017 yilda bu ko‘rsatkich 2,5 barobar ko‘payib, 557 taga yetdi. 

 

Norgul Abduraimova, O‘zA

Поделиться